BULDOZER

BULDOZER (inglizcha bulldozer — katta qismlarni maydalash) — 1) tuproq, qum, shag’al, mayda tosh, tog’jinslari va boshqa to’kma materiallarni 200 metrgacha masofaga surish va to’plash, zovur va chuqurlarni tuproq bilan to’ldirish, yerni tekislash, axlat va chiqindilarni yig’ish, aerodrom, yo’l va maydonlarni qordan tozalash uchun mo’ljallangan mashina. Yo’l qurilishi, gidrotexnika inshootlari (to’g’on, damba va boshqalar) qurilishi, qishloq xo’jaligida ishlatiladi. Buldozer yerni kesib suradigan moslama, rama, moslamani ko’tarib tushiruvchi gidravlik yoki chig’irli (arqonblok tizimli) mexanizmlar va ularni boshqarish tizimlaridan iborat. Buldozerlarning quyidagi xillari bor: a) kesib suruvchi moslama (otval) ming ishlash usuliga qarab, otvali buriladigan va otvali burilmaydigan; b) otvalini boshqarish mexanizmiga qarab, gidravlik; arqon (tros) blok tizimli; v) traktorning yurish qismiga qarab, g’ildirakli va gusenitsali; 2) mashinasozlikda — metallni qizdirib yoki sovuqlayin bukib, turli shakldagi detallar tayyorlanadigan gidravlik yoki krivoship mexanizmli qurilma (press). Buldozer ko’plab mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarning temirchilik shtamplash tsexlariga o’rnatiladi. Krivoship mexanizmli Buldozer staninatsining yo’naltiruvchilarida polzun 2 yuradi. Egish shtamplari polzunga va stanina tiraklari 3 ga Bolt 4 lar bilan mahkamlab qo’yiladi. Gidravlik Buldozerning polzuni suyuqlik ta’sirida harakatlanadi.