BUNGARLAR

BUNGARLAR (Bungarus), kraytlar — aspidlar oilasiga mansub zaharli ilonlar urugi. 12 turi bor. Bungarlarning boshi kichkina va to’mtoq, og’zi tor, zahar tishlari mayda. Janubiy Sharqiy Osiyo, Yava, Hindiston, Malayya, Sumatra va boshqa joylarda tarqalgan. Dala va o’tloqlarda yashaydi. Ba’zan, xonadonlarga ham kiradi. Bungarlar tunda ov qiladi, kunduzi kovaklarda yashirinib yotadi. Mayda jonivorlar bilan oziqlanadi; ba’zan zaharli ilonlarga ham hujum qiladi. Bungarlar kovaklarga va xazonlar orasiga 10 tacha tuxum qo’yib, ular ochib chiqqungacha qo’riqlaydi. Hindiston va Shri Lankada tarqalgan qora-oq yo’lli hind bungari yoki krayti (V. coerus) ning uzunligi 1,5 metrgacha. Indoneziyada uchraydigan qora-sariq yo’lli Pama (V. fasciatus) ning uzunligi 1,75 santimetga yetadi.