Yumshoqtan va zirhli hayvonlar mollyuskalar deb ataladi. Zirhli mollyuskalarning juda ko’p turi mavjud. Ba’zi mollyuskalarning zirhi bir-biriga tutash ikki chig’anoqdan tarkib topgan. Bu toifa mollyuskalar qo’shtabaqalilar deyiladi. Bu toifaga tanovul qilsa bo’ladigan dengiz mollyuskalari (trazinka, venerka), ustritsalar, grebenlar, qo’shtabaqali mollyuskalar kiradi. Mollyuskalarning boshqa bir turi burama yoki kosa shaklidagi bir chig’anoqli zirhga egadir. Bu mollyuskalar shilliqqurtlar deyiladi. Shilliqqurtlar o’z zirhlarini boshqa mollyuskalar kabi quradi. Zirh mollyuskaning skeleti, uning a’zosidir. Mollyuskalar mushagi bilan zirhga birikkan. Yumshoqtan jonivorlar hech qachon zirhlaridan chiqib ketolmaydilar. Mollyuskalar kattaradi, shu barobarda zirhlar ham o’sib, mustahkam, kuchli bo’lib boradi. Ma’lum bir ohaktoshdan yasalgan zirhni mollyuskaning o’zi quradi. Mollyuskalar, tabiiyki, o’zlari uchun uy qurayotganini bilmaydi. Mollyuskalarning maxsus bezlari suvdan ohaktoshni so’rib oladi va uni jimitday a’zolari bilan yoni va usti bo’ylab o’raydi. Mollyuska kattargan sari uning uyi ham kattara boradi. Ayrim zirhli bezlar tarkibida rang beruvchi bezlar bor. Natijada zirh rangli, dog’li va chiziqli bo’lishi mumkin. Aksariyat mollyuskalar dengizlarda yashaydi. Qo’shtabaqalilarning hech qaysi biri suvni tark etmaydi. Ko’p shilliqqurtlar havodan nafas oladi. Bu vujudlar nam, o’rmonzorlarda yashaydi. Olimlarning hisoblashicha, 80 000 dan oshiq shilliqqurtlar bor.
CHET TILLARINI O‘QITISH METODIKASINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI, O‘QITISHNING MAQSAD VA MAZMUNI
Мутафаккир-шоирлар ижодида анъанавий Инсонга ишонч ғоясининг таърифий саодати

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?
