BEKON (VASOP) RODJER
BEKON (VASOP) RODJER (taxminan 1214, Ilchester—1292, Oksford) — o’rta asr ingliz faylasufi, tabiatshunosi. Xristian aqidalarining hayotdan ajralganligini tanqid qilib, tabiatni o’rganishga, optika, mexanika (“Amaliy geometriya”), astronomiyani tahlil qilishga chaqirdi. Ilohiyotni dunyoviy fanlardan ajratish tarafdori bo’ddi. Tajriba, eksperiment va matematikani barcha fanlar binosining poydevor toshi deb hisobladi. Tajribaga va matematikaga asoslangan bilish uslubini sxolastik deduktiv uslubga qarshi qo’ydi. U matematikaga, tajriba — ilmiy eksperiment va ichki mistik “ruhlanish” ga katta ahamiyat berdi. Bekon bir necha ilmiy bashoratlar (teleskop, uchadigan apparatlar) haqida taxmin qildi.