O’TKAZUVCHI TO’QIMALAR
O’TKAZUVCHI TO’QIMALAR — o’simliklar poyasi (tanasi) bo’ylab suv va unda erigan mineral moddalarni ildizdan yer ustki qismlarga va barglarda sintezlanadigan moddalarni o’simliklarning boshqa qismlariga o’tkazuvchi to’qimalar. O’ktazuvchi to’qimalar har xil shakldagi cho’ziq (prozenxima) hujayralardan tuzilgan. O’ktazuvchi to’qimalar mexanik va parenxima to’qima bilan birga yaxlit yoki bog’lam bo’lib joylashadi. O’ktazuvchi to’qimalar prokambiy va kambiylash paydo bo’lib, o’simlikning barcha organlarini o’zaro bog’laydigan butun sistemani hosil qiladi. O’ktazuvchi to’qimalar ksilema va floemadan iborat. Ksilema bo’ylab, asosan, suv va mineral moddalar, floemadan ko’pincha organik moddalar o’tadi. O’ktazuvchi to’qimalar faqat yog’och naychali o’simliklarda mavjud. Yo’sinsimonlar va tuban o’simliklarda O’ktazuvchi to’qimalar bo’lmaydi.