O’RDUBODIY MUHAMMAD SAID
O’RDUBODIY MUHAMMAD SAID (Mamed Hoji og’a o’g’li, 1872.24.3, O’rdubod — 1950.1.5, Boku) — Ozarbayjon yozuvchisi va dramaturgi. Ozarbayjonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1938). 1907— 11 yillarda Eron inqilobida ishtirok etgan. Dastlabki she’riy to’plamlari — “Beg’amlik” (1906), “Vatan va ozodlik” (1907). Mustabid tuzum va ma’rifatparvarlik g’oyalari aks etgan “ikki bolaning Yevropaga sayohati” (1908), “Baxtsiz millioner” (1904), “Tumanli Tabriz” (1938-48), “Kurashuvchi shahar” (1938), “Yashirin Boku” (1940) romanlari muallifi. “Qilich va qalam” romani (1-2- qism, 1946-48) Ozarbayjon xalqining mashhur shoiri Nizomiy Ganjaviyta bag’ishlangan. Uning dramalari, opera va operetta librettolari ham bor (“Ko’ro’tli”, 1939; “Nargiz”, 1938; “Qalb o’g’rilari”, 1938 va boshqalar). “Andalusning so’nggi kunlari” tarixiy dramasi (M.Uyg’ur tarjimasi, 1919) “Turon” teatrida, “Besh so’mlik kelin” komediyasi esa Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan. As.:Qilich vaqalam [I—2 qismlar],T., 1964.