O’RTALIQ TIZMALAR

O’RTALIQ TIZMALAR — barcha okeanlarning deyarli o’rta qismida cho’zilgan suv osti tizmalarining umumiy nomi. Yer po’sti plitalari (yirik bo’laklari)ni bir-biridan ajratib turuvchi yirik tektonik yoriqlardan bazalt lavalarining chiqib qotishidan vujudga keladi. O’rtaliq tizmalarning umumiy uzunligi 80 ming kilometrdan ortiq.