O’R QIR
O’R QIR — relyef shakli; yer yuzasi notekis, chuqurlik bilan qirlar almashinib keladigan joylar. Bunday relyef shakli tog’oldi qiya tekisliklarida ko’proq uchraydi. Toshkent shahri joylashgan hudud relefi ham O’r qirdan iborat. Shundan “Toshkent yetti qir va yetti O’rda joylashgan” degan ibora bor.