O’SIMLIK BITLARI
O’SIMLIK BITLARI, shiralar — tengqanotli xartumli hashortlar kenja turkumi. Mingga yaqin turi ma’lum. Tana uzunligi 0,5—6,0 millimetr, tuxumsimon yoki oval shaklda, rangi och yashildan qo’ngirgacha. Boshi kamharakat, sanchibso’ruvchi og’iz apparati xartum ko’rinishida bo’lib, boshining orqa qismidan boshlangan bo’g’imlardan tashkil topgan. Mo’ylovlari 3-6 bo’g’imli. Ko’pincha qanotsiz. To’p-to’p bo’lib yashaydi. Qanotlilari bir o’simlikdan boshqasiga ko’chib o’tadi. O’simlik bitlarining rivojlanish tsikli: odatda, tuxum holida ikki yoki ko’p yillik o’simliklarda qishlaydi; bahorda tuxumdan qanotsiz urg’ochi — asoschi vujudga kelib, 50-70 lichinka tug’adi, bular tez orada rivojlanib voyaga yetadi; ikkinchi va navbatdagi keyingi avlodining voyaga yetgan individlari ham qanotsiz (partenogenetik, tirik tug’ib ko’payadi va qanotsiz qiz avlodni vujudga keltiradi). Rivojlanish tsikli urug’langan tuxum qo’yish bilan tugallanadi (masalan, dukkaklilar va lavlagi O’simlik bitlari). O’simlik bitlarilarining rivojlanish davri havo haroratiga bog’liq holda 3-20 kun. Mavsumda 2026 avlod beradi. Urg’ochisi yoz oyida 14 kungacha yashaydi. Qanotli urg’ochilar kuniga 1-2 lichinka, qanotsizlari esa 5 10 lichinka tugadi. Ozgina yog’ingarchilik shiralarning rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi; yirik tomchili, Surunkasiga yoqqan shiddatli yomg’irlar ochiq yashovchi shiralarni yuvib, nobud qiladi. O’simlik bitlari bargnovdadagi shirani so’radi. Natijada o’simlik poyasi va ildizidagi uglevodlar zaxirasi keskin kamayadi. Bu esa barglarning buralishi, novdalarning qing’irqiyshiq o’sishi, to’qimalarning kasallanib shish, bujg’un va boshqalar har xil o’simtalar hosil qilishiga sabab bo’ladi. Zararlangan o’simliklarning hosildorligi 15-20% ga kamayib ketadi. Bundan tashqari, O’simlik bitlari kasal o’simlik shirasini so’rish bilan birga xavfli kasalliklarni tarqatadi ham. O’simlik bitlarida mayda yaydoqchilarning ko’pgina turlari, jumladan, afelinuslar, shuningdek, vizildoq pashshalar, to’rqanotlilar lichinkasi, ko’pgina koktsinellidlar parazitlik qiladi. Kurash choralari: birlamchi xo’jayino’simlik bilan ikkilamchisini bir-biriga yaqin ekmaslik; hasharotlar shikastlashiga chidamli navlarni yetishtirish; hasharotlarning tabiiy kushandalari entomofaglar (masalan, oltinko’z) dan foydalanish, o’simliklarga kimyoviy vositalar — fosfororganik preparatlar purkash. Ad.: Nevskiy V.P., Tli Sredney Azii, T., 1929; Davletshina A.G., Tli Roda Arn15 Ь. faunm Uzbekistana, T., 1964; Muxamadiev A.A., Tli Ferganskoy Dolinn, T” 1979. Sulton Alimuhamedov.