CHAKA

Ma’nosi

CHAKA, Shaka (taxminan 1787-1828 yil sent.) — zulular hokimi (inkosi). Hozirgi Natal (JAR) provintsiyasidagi qardosh qabilalar birlashmasiga bosh bo’lgan, so’ngra o’z hokimiyatini hozirgi Transvaalning bir qismi, kap va Oranj viloyatlarida o’rnatgan. Intizomli qo’shin tuzgan. Chaka hokimligi davrida zulularda davlatchilikka asos solingan. Chaka hayotining oxirida cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgach, zolim mutlaq hukmdorga aylangan. Fitnachilar tomonidan o’ldirilgan.

O‘xshash so‘zlar

CH harfi: barcha so‘zlar