CHAPANDOZ

CHAPANDOZ (forscha — teskari, chapaqay) — 1) o’zbek va tojik musiqasida 3/4+3/8 takt o’lchovidagi murakkab doira usuli. Talqin usulining aksi bo’lib (teskari ijro etilishi uchun) shunday nom olgan. 2) shu nomli doyra usuli jo’rligida ijro etiladigan mumtoz kuy va ashulalar. Ko’proq hazaji musammani solim (mafoilunmafoilun…) vaznidagi gazallar bilan ijro etiladi. Chapandozlar muayyan kuy va ashulaning Chapandoz usuliga tushirilgan varianti bo’lib, asosiy ashula yo’li va nomi bilan qo’shib ataladi (mas, “Chapandozi Navo”, “Chapandozi Iroq”). Hozirda Chapandoz usuli va kuy yo’llari talqinlaridan deyarli farq qilmaydi.