CHAG’DAVUL

CHAG’DAVUL, changdovul (mo’g’ulcha — chag’daul, chag’duul) — 1) Chingiziylar, Temuriylar armiyasida qo’shinning ortarergard qismi. Unga shahzodalar va tajribali lashkarboshilar qo’mondonlik qilgan; 2) qo’shinning ort (arergard) qismi qo’mondoni. Xiva xonligida otliq qorovul sardori ham Chag’davul deb yuritilgan. Buxoro xonligida harbiy mansablardan biri xisoblanib, qorovul, Yo’lchi va josusdan yuqori turgan. Ayni paytda arergard qo’shinida xizmat qiluvchi askar ham Chag’davul istilohi bilan ifodalangan.