CHELAK

CHELAK — Samarqand viloyati Payariq tumanidati shahar (1981 yildan). Ilgari uning o’rnida Oytamg’ali qishlog’i bo’lgan. Ch. tuman markazi (Payariq) dan 8 kilometr, yaqin temir yo’l stantsiyasi — Samarqand (36 kilometr). Aholisi 16,6 ming kishi (2000). Xo’jaliklari va aholisi Payariq kanalidan suv oladi. Shahardagi korxona va mikrofirmalar asosan, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Chelakda O’zbekiston —Rossiya “Baltimorchelak” qushma korxonasi (tomat pastasi ishlab chiqaradi) faoliyat kursatadi. 4 savdo markazi, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 4 umumiy ta’lim maktabi, bolalar musiqa maktabi, kasb-hunar kolleji, 3 kutubxona, 4 madaniyat uyi, stadion, sport zali, Markaziy kasalxona, 8 dorixona va boshqa tibbiy muassasalar bor. Chelak yaqinidagi Xartang qishlog’ida Buxoriy yodgorlik majmui barpo qilingan (1998).