“CHELLENJER”

“CHELLENJER” – AQShning ko’p marta uchirishga mo’ljallangan, bortida kosmonavtuchuvchisi bo’lgan transport kosmik kemasi. “Speys Shattl” transport kosmik kema majmuasi tarkibiga kiradi. “Chellenjer” ning startoldi massasi 2000 tonna, uzunligi 56 metr. Ekipaji 7 kishidan iborat bo’lgan. Ikki bosqichli tizim asosida uchirilgan. Kemaning 1 bosqichi qattiq yoqilg’ili raketa dvigateli bo’lgan 2 ta tezlatkichdan iborat, 2 bosqichi (orbital) bortida astronavt bo’lgan, qanotli bo’lib, orbitadan chiqqandan so’ng “samolyot” rejimida qo’nish qobiliyatiga ega bo’lgan. “Chellenjer” 1986 yil 28 yanvarda halokatga uchragan.