CHEMBERLEN (CHAMBERLAIN) OUEN

CHEMBERLEN (CHAMBERLAIN) OUEN (1920.10.7, Sanfrantsisko) — amerikalik fizik. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1960). Chikago universitetini tugatgan (1948). 1942-46 yillarda Losalamos laboratoriyada va 1948 yildan Berkli Kaliforniya universitetida ishlagan. Atom bombasi yaratuvchilaridan biri. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, neytron fizikasi va yuqori energiyalar fizikasiga oid. E. Segre va boshqa olimlar bilan hamkorlikda antiprotonni kashf etgan. Yuqori energiyali yadro reaktsiyalari yaratish bilan shug’ullangan. Tarkibida qutblangan protonlar mavjud nishonni olishga muvaffaq bo’lgan (1963— 64). Nobel mukofoti laureati (1959; E.Segre bilan hamkorlikda).