CHEMPIONAT

CHEMPIONAT — rasmiy sport musobaqalari, sportning biror turi bo’yicha g’olib — chempion (sportchi, jamoa) ni anikqlash maqsadida o’tkaziladigan birinchilik. Ayrim hollarda “Chempionat”va “birinchilik” tushunchalari farklanadi (masalan, futbol, boks bo’yicha O’zbekiston Chempionati — kattalar o’rtasida va sportning ana shu turlari bo’yicha mamlakat birinchiligi — yoshlar-o’smirlar, sport jamiyatlari uchun). “Chempionat”atamasi qayvonlarning eng yaxshi biror naslini aniqlash uchun o’tkaziladigan ko’rgazma musobaqalarda ham qo’llanadi.