CHERENKOV PAVEL ALEKSEYEVICH
CHERENKOV PAVEL ALEKSEYEVICH (1904.28.7, Voronej viloyati — 1990) — rus fizigi, akademik (1970); Voronej universitetini tugatgan (1928). SSSR Fanlar Akademiyasi Fizika institutida ishlagan (1930 yildan). Ilmiy ishlari fizik optika, yadro fizikasi, kosmik nurlar fizikasi va h tezlatkichlar texnikasiga oid. C. W. Vavilov rahbarligida uran tuzlari eritmasining gammanurlanish ta’siridagi lyuminessentsiyasini o’rganib, odatdagi lyuminessentsiyadan farqlanuvchi yorug’lik (Cherenkov — Vavilon nurlanishi) yuzaga kelishini qayd etdi, uning asosiy xossasi — yo’nalganligini aniqladi (1936). Moddada yorug’lik tezligidan katta tezlikli zaryadli zarralar ta’sirida moddaning yorug’lanish effekti Vavilov — Cherenkov effekti nomini oldi. Cherenkov birinchi sinxrotronlarning yaratilishiga hissa qo’shgan. Tormozlanish nurlanishining nuklonlar va yadrolar bilan o’zaro ta’sirini, fotoyadro va fotomezon reaktsiyalarni, yuqori energiyali gammakvantlar bilan yengil yadrolarning parchalanishini tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1958).