CHERIKLAR
CHERIKLAR, choriklar — turkiy qabilalardan biri. “Cherik” etnonimi 8-asrdan buen ma’lum. Cheriklar qadimgi turkiy qabilalardan biri sifatida ilk va so’nggi o’rta asrlarda o’zbeklar va qirg’izlar tarkibida bo’lganlar. Cheriklar Farg’ona qipchoqlarining sari qipchoq uyushmasiga kirgan. Nurota turkmanlari tarkibida cherikli tarmog’i mavjud bo’lgan. Shuningdek, urug’ tarmog’i sifatida qirg’izlarning Bog’ish qabilasi tarkibiga ham kirgan. O’zbeklar tarkibidagi Cheriklar o’troqlashib dehqonchilik, qirg’izlar ichidagi Cheriklar chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Davrlar o’tishi bilan Cheriklarlar o’zbek va qirg’izlar tarkibiga qo’shilib ketganlar.