CHEXOSLOVAKIYA
CHEXOSLOVAKIYA (Ceckoslovensko) Markaziy Yevropadagi davlat (1993 yilgacha mavjud bo’lgan). 1918 yil Avstriya Vengriya imperiyasining parchalanishi natijasida Chex va slovak xalkdari erlarida tashkil bo’lgan. 1938 yil oktabr — 1939 yil martda Germaniya tomonidan bosib olingan. 1945 yil mayda Chexoslovakiya hududi ozod etilgach, yagona, mustaqil davlat sifatida qayta tiklandi; 1948 yil xalq demokratik Respublikasi deb e’lon kilindi. Hokimiyat tepasida Chexoslovakiya KP turgan (1989 yilgacha). 1960— 1990 yil martda Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi (CHSSR) deb ataldi. 1968 yilda avj olgan jamiyatni demokratik yangilash jarayoni 1968 yil avgustda Varshava shartnomasi tashkiloti a’zolari bo’lgan 5 davlat (SSSR, Bolgariya, Vengriya, Germaniya demokratik Respublikasi, Polsha) qo’shinlari tomonidan barbod etildi. 1990 yildan Chexoslovakiya Federativ davlat sifatida Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi (CHSFR) nomida bo’ldi. 1992 yil noyabrda CHSFR parlamenti 1993 yil 1 yanvardan chexoslovak federatsiyasi tugatilganligi va u Chexiya hamda Slovakiya respublikalariga ajratilganligi to’g’risida federal qonun qabul qildi.