CHO’PONOTA MAQBARASI
CHO’PONOTA MAQBARASI – Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (15- asr). Bino to’rtburchak tarhli, to’rt tomonida eshik o’rni bor. Bino tashqarisi bezaksiz, faqat gumbazi Feruza rangli koshinlar bilan qoplangan. Bino ichi va poygumbaz ganch suvoq qilingan. Cho’ponota maqbarasi yopmasi tashqi va ichki gumbazli tuzilishga ega: xonaning gumbazi ravoklarga qo’yilgan; tashqi gumbaz baland poygumbazga o’rnatilgan. Bu uslubdagi qurilma Cho’ponota maqbarasida ilk bor qo’llanilgan bo’lib, keyingi inshootlarda yanada mukammallashtirilgan.