CHO’LPON
CHO’LPON — ertapishar olma navi. R.R. Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik intida erkin changlangan Simirenko reneti navi urug’i ko’chatlaridan chiqarilgan (A.R.Shreder, A.G.Shreder, E.A.Shreder). Daraxti o’rta bo’yli, shoxshabbasi o’rtacha shoxlangan, ovalsimon. Ko’chati o’tqazilgandan so’ng 5—6-yili hosilga kiradi. Mevasi iyun oxiri — avgust boshida pishadi. Hosildorligi birmuncha davriy. 8—9-yildan yaxshi hosil bera boshlaydi, 10-12 yillik daraxti po 120 kilogrammgacha hosil beradi. Mevasi 200-240 gramm, dumaloq, uch tomoni cho’zinchoq, to’qsariq, qizg’ish yo’lli. Eti och sariq, sersuv, shirinnordon, xushbo’y. Yangiligida eyiladi, qoqi qilish mumkin, uzoq joylarga yuborishga chidamli. O’zbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.