CHIMYON CHO’QQISI
CHIMYON CHO’QQISI, katta Chimyon cho’qqisi — G’arbiy Tyanshanning Chatqol tizmasidagi cho’qqi. Katta Chimyon tog’ida. Toshkentdan 80 kilometr sharqda. Chimyon cho’qqisini shimoldan Chatqol, sharqdan Oqbuloq daryolari (Chatqolning chap irmog’i), Janub va g’arbdan Chimyonsoy vodiylari o’rab turadi, balandligi 3309 metr. Atrofdagi hududlardan tik ko’tarilgan. Asosan, paleozoy davri ohaktoshlaridan tashkil topgan. Cho’qqining yon bag’irlari ko’plab soylar bilan kesilgan. Ular orasida tik ko’tarilgan qoyalar, qurumlar, doimiy qor uyumlari uchraydi.