CHINNIGUL
CHINNIGUL (Dianthus) — chinniguldoshlarga mansub bir yillik va ko’p yillik o’t va yarim butachalar turkumi; manzarali ekma gul. 300 dan ortiq turi ma’lum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Dashtlar, o’tloqzorlar, qumloq yerlarda o’sadi. O’zbekistonda yovvoyi hodda o’sadigan ko’p yillik o’t bo’lgan. Bu turi (Angren, Ugom, to’rttangachali Chinnigullar) uchraydi. Poyasi bo’g’imlarga bo’lingan, barglari qaramaqarshi, bandsiz, to’g’ri nashtarsimon yoki uchi o’tkir. Gulyonbargchas kosachasiga yaqin joylashgan. Chinnigulning ko’pgina turlari manzarali va ekib ko’paytiriladi. Janubiy Yevropada keng tarqalgan bir va ikki yillik bog’ yoki golland chinniguli (D. caryophyllus) turi Chinnigulning manzarali navlarini yaratishda asos bo’lgan. Guli bitta to’pgulda, yirik, kalin, qatmaqat, xushbo’y, rangi har xil (qizil, pushti, sariq, oq va boshqalar). Ko’pgina mamlakatlarning sanoat gulchiligida ochiq yerlarda va issiqxonalarda yetishtiriladi. Ko’p yillik patli yoki turk Chinniguli (D. barbatus) turining gullari mayda, g’oyat xushbo’y, qalin to’pgulga yig’ilgan. Gulchilikda ahamiyati katta. Bir yillik Xitoy Chinniguli (D. chinensis) turi gulining rangi va tuzilishi bilan farq qiladi. Chinnigul urug’idan (urug’i issiqxonalarda yanvar—mayda istiladi) va kalamchasidan (noyabr—mart oylarida ildiz oldiriladi) ko’paytiriladi. Golland Chinniguli 5-8 oyda gul chiqaradi, turk Chinniguli 2yili iyun—iyulda, Xitoy Chinniguli iyundan birinchi qorasovuqlargacha gullaydi. Uzbekistonning barcha viloyatlari uchun manzarali Chinnigulning Vilyame sim navi rayonlashtirilgan (1980).