CHING’IL

CHING’IL, jangal (Halimodendron halodendron (Pall.) Vass.) — dukkakdoshlarga mansub buta turi. Bo’yi 2 metrga boradi, tikanli. Barglari juft patsimon, guli pushti. Tabiiy holda to’qaylarda, ariq va jar yoqalarida o’sadi. Aprel—avgustda gullab, iyun—sentabrda mevasi pishadi. Cho’l va adirlarda har qanday tuproqlarda, hatto sho’r tuproqlarda ham o’sadi. Urug’idan va ildiz bachkilaridan ko’payadi. Qumlarni mustahkamlash, sho’r erlarni ko’kalamzorlashtirishda gullagan ching’il qo’llaniladi. va urug’i.