CHO’KINDI TOG’ JINSLARI
CHO’KINDI TOG’ JINSLARI – moddaning suvda cho’kishi yoki havodan tushishidan hamda quruqlik yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati natijasida hosil bo’ladigan tof jinslari. Cho’kish mexanik (og’irlik kuchi ta’siri va muhit dinamikasining o’zgarishidan), kimyoviy (suvli eritmaning to’yinish kontsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaktsiyalari natijasida) hamda biogen yo’l bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bog’liq) sodir bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslari cho’kish xarakteriga ko’ra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga bo’linadi. Cho’kindi tog’ jinslarini hosil qiladigan asosiy manbalar: yer po’stini tashkil qilgan magmatik, metamorfik va qadimgi cho’kindi jinslar; tabiiy suvlarda erigan komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot faoliyati jarayonida hosil bo’ladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat. Hozirgi zamon okean cho’kindilari va qadimgi cho’kindi jinslarda kosmik material va organik qoldiqlar ham uchraydi. Ba’zi Cho’kindi tog’ jinslari (ohaktosh, ko’mir, diatomit va boshqalar) butkul organik qoldiqlardan tarkib topgan. Zarra (donalar)ning o’lchami, ularning shakli va o’zaro birikmalari Cho’kindi tog’ jinslari struktururasini belgilaydi. Cho’kindi tog’ jinslari shakli va hajmi turlicha bo’lgan qatlam, linza va boshqa shakllardagi geologik jismlar hosil qilib, yer pustida normalgorizontal, qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki tuzilishi (donalarzarralarning o’zaro joylashuvi va yo’nalishi bilan bog’liq) va bo’shliqni qay yo’sinda to’ldirishi Cho’kindi tog’ jinslari teketurasi deyiladi. Cho’kindi tog’ jinslari quyidagicha hosil bo’ladi: tub tog’ jinslarining yemirilishidan paydo bo’lgan dastlabki mahsulot suv, shamol, muzliklar bilan ko’chib, quruqlik yuzasi va suv havzalariga cho’kadi. Natijada turli xil komponentlardan tuzilgan bo’sh va g’ovak, suvga to’yingan cho’kindi hosil bo’ladi. Bu cho’kindi murakkab va xilma-xil fizik-kimyoviy (qisman biologik) sistemadan iborat bo’lib, vaqt o’tishi bilan asta-sekin cho’kindi jinsga aylanadi. Cho’kindi tog’ jinslarining tasnifi ularning tarkibi va genezisiga ko’ra 10 dan ortiq guruhga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli, glinozyomli, temirli, marganesli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar, kaustobiolitlar va boshqalar. Asosiy guruhlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham bor. Cho’kindi tog’ jinslari kimyoviy tarkibiga ko’ra magmatik jinslardan farqlanadi: jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibi turlicha buladi; tarkibida suv, karbonat kislota, organik uglerod, kaltsiy, oltingugurt, galoidlar kup buladi; temir oksidi bilan temir (II) oksidi nisbati katta. Cho’kindi tog’ jinslaridan gil (gil, argillit, gilli slaneslar — 50% ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar (ohaktoshlar, dolomitlar 45% cha) keng tarqalgan. Yer yuzasida Cho’kindi tog’ jinslarining hosil bulishi va joylashuvi iqlim va tektonik sharoitlar bilan aniqlanadi. Geosinklinallarda Cho’kindi tog’ jinslarining katta qatlamlari yig’iladi, platformalarda esa, aksincha ularning qalinligi kam bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslari Yer po’sti massasining 10% ni tashkil qilib, yer yuzasining 75% ni qoplaydi. Quruqlikdagi Cho’kindi tog’ jinslarining 75% geosinklinal oblastlarda bo’lib, 25% platformalarga to’g’ri keladi. Yer qa’ridan olinadigan jami foydali qazilmalar (ko’mir, neft, tuzlar, temir, marganes va alyuminiy rudalari, oltin va platina sochmalari, olmos, fosforitlar, qurilish materiallari va boshqalar) ning 75% Cho’kindi tog’ jinslariga to’g’ri keladi.