CHUFUT QAL’A
CHUFUT QAL’A — Qrimdagi o’rta asr shahar xarobasi (asosan, 5-6-asrlar). Eokchasaroy yaqinida joylashgan. Mudofaa devorlari, darvozalar, turar joy va xo’jalik inshootlari (yer ustidagi va g’orlardagi), masjid, maqbara (1437), qaraim kenaslari (ibodatxonalari) xarobalari topilgan. Shaharning Sharqiy qismida, 15-asr devori ortida zarbxona, ko’plab turar joylar joylashgan. Boqchasaroyning yuksalishi bilan (asosan, 16-asr boshida) tanazzulga uchragan va 19-asr o’rtalariga kelib tashlandiq holga kelgan.