Bu tur hasharotlarni nemislar “sayroqi toychoqlar” deyishadi. Ularning bunday nom olishiga nar chirildoqlarning na sayrash, na chug’urlash, na chirillashga o’xshagan ovoz chiqarishi sabab bo’lgan. Yunon afsonalarida aytilishicha, Yevnom va Ariston degan musiqachilar musobaqa uyushtirganlarida to’satdan Yevnomning tori uzilib ketadi. Shu payt uning o’rniga chirildoq kelib o’tiradi va o’z chirillashi bilan musiqachiga g’alaba keltiradi. Shundan buyon yunonlar Arfa (chertib chalinadigan asbob)da o’tirgan chirildoqni musiqa ramzi qilib olishgan. Chirildoqlar qanday qilib anchayin kuchli va yoqimli ohang chiqaradi? Gap shundaki, ularning ko’kragida hujra bo’lib, unda joylashgan yupqa pardani kuchli mushaklari harakatga keltiradi. Mushaklarning qisqarish tezligi xayolga sig’maydi — bir sekundda yigirma mingni tashkil etadi. Yupqa pardalar harakatga kelganda kuchli ovoz chiqaradi. Bu ovoz kuchlantiruvchi murakkab sistemadan o’tadi va shu boisdan juda uzoqqa taraladi. Shunisi g’alatiki, chirildoqlar urg’ochisi sayramaydi. Bizningcha, ularning musiqiy ehtiyojini narlarining ohangrabo sayrog’i to’la-to’kis qondirsa ajab emas. Odamlar chirildoqning musiqiy qobiliyatiga allaqachonlar e’tibor qaratishgan. Chirildoqlarning rang-barang, o’ziga xos dilbar ovozidan zavq tuygan Sharq odamlari ularni sayroqi qushlar kabi qafaslarda saqlashgan.

Nima uchun guruch suv ostida o’stiriladi?

Eng ulkan hajmdagi bo’shliqlik koinotda qayer?

Nimaga kimdir sizga ovqat tayyorlab bersa, ovqat yanada mazaliroq bo’ladi?

Nimaga dengizchilarni qo’l soati 24 soatdan iborat?

Nimaga yoqilg’i quyish shoxobchalarida plastik idishlardan foydalanish mumkin emas?

Nimaga Buyuk Britaniya — London telefon butkalari aynan qizil rangda?

Nimaga ko‘z uchadi?

Nimaga Xitoy tayoqchalari ekologiyaga zararli?

Nimaga ruchkani qopqog’ida teshik bor?
