CHURRAK
CHURRAK (Anas crecca) — o’rdaklar oilasiga mansub parranda. Og’irligi 200-450 gramm. Oyoq kafti uzun, biroq barmoqlari qisqa. Narining ustki ggati qo’ng’ir kulrang, qorni oq, ba’zan sarg’ish. Ko’kragida qora dumaloq dog’i bor. Boshi va bo’yni mallaqizg’ish, yonidan qorayashil yo’l o’tgan. Modasi qo’ng’ir, malla yoki kulrang xolli. Yozgi tullashdan so’ng narining tusi modasiga o’xshash bo’lib qoladi. Churrak G’arbiy Yevropa, Rossiya, Eron, Shimoliy G’arbiy Mongoliya, Qozog’iston, O’rta Osiyoda tarqalgan. Suv havzalari qirg’oqlariga uya quradi; 8-11 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarini modasi bosadi. Suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar, o’simliklar urug’i, kurtagi va boshqa qismlar bilan oziqlanadi. Go’shti mazali. Katta ovchilik ahamiyatiga ega.