CHUSOVAYA
CHUSOVAYA — Rossiya Federatsiyasidagi (Chelyabinsk, Sverdlovsk va Perm viloyatlari) daryo. Kama daryosining chap irmog’i (O’rta Uraldan boshlanib Kama suv omboriga quyiladi). Uzunligi 592 kilometr, havzasining maydoni 23 ming kilometr kvadrat. Yuqori oqimida vodiysi keng; o’rta oqimida tor kanonlardan, quyi oqimida tekislikdan o’tadi. Kama GES qurilishi munosabati bilan quyi qismini suv bosgan. Irmoqlari: o’ngdan — Mejevaya utka, Koyva, Usva va chapdan — Revda, Lisva. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 222 metr kub/sekund. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Yog’och oqiziladi, kema qatnaydi. Chusovaya bo’yida Pervouralsk, Chusovoy shaharlari qurilgan.