CHULISHMAN YASSITOG’LIGI
CHULISHMAN YASSITOG’LIGI – Sharqiy Oltoy (Oltoy Respublikasi) dagi yassitog’lik. Janubi g’arbida Chulishman daryosi vodiysi va shimoli Sharqda Shagapal tizmasining g’arbiy yon bag’ri oralig’ida. G’arbi (o’rtacha balandligi 2000— 2200 metr) va Janubda kristalli slanes va granitlardan tashkil toptan tizmalar (eng baland joyi 3148 metr) qad ko’targan. Tizmalar yon bag’irlarida 2000 metr balandlikgacha kedrtilog’och taygasi mavjud, undan yuqorida Toshloq tundra uchraydi.