CHUKCHA TILI

CHUKCHA TILI, chukot tili — chukotkamchatka tillari oilasining chukot-Koryak tarmog’iga mansub til. Rossiya Federatsiyaning Chukot va Koryak Muxtor okruglarida, shuningdek, Saxa Respublikasining quyi Kolima tumanida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 15 ming kishidan ortiq (o’tgan asrning oxirlari). Chukcha tilining 10 ga yaqin laxjasi bulib, ularning asosiylari 2 ta: Sharqiy (Uelen) — adabiy tilga asos bo’lgan; g’arbiy (Pevek). Chukcha tili fonetik tizimida 6 unli, 13 undosh mavjud; unlilarda singarmonizm, assimilyatsiya, dissimilyatsiya hodisalari kuzatiladi. Grammatik qurilishi jihatidan agglyutinativ tillarga kiradi. Suz va shakl yasalishi suffikslar va prefikslar orqali amalga oshadi. Morfologiyasida son kategoriyasi (birlik va ko’plik) mavjud, olmoshlar soni 6-8 tani tashkil etadi. Sintaksisida qo’shma gaplarga nisbatan sodda gaplar ko’proq qo’llanadi. Leksikasida eskimos, yukagir tillaridan, shuningdek, rus tilidan (19-asr oxiri — 20-asr) o’zlashgan so’zlar bor. 1931 yilda lotin grafikasi asosida shakllangan yozuvi 1936 yilda rus grafikasiga ko’chirilgan.