CHUD-PSKOV KO’LI
CHUD-PSKOV KO’LI – Rossiya Federatsiyasi Pskov viloyati va Estoniyadagi ko’l. Estonlar PeypiYarv ko’li deb atashadi. Balandligi 30 metr. Janubdan shimolga 150 kilometr cho’zilgan. Bir-biriga tutashgan 3 ta ko’ldan iborat. Chekka Janubda Pskov, o’rtasida Tyoploe, shimolda Chud ko’llari joylashgan. Umumiy maydoni 3550 kilometr kvadrat, o’rtacha chuqurligi 7,5 metr, eng chuqur joyi 15 metr. Shimoliy va Sharqiy qirg’oqlari past, qum dyunalari, qisman toshloqlardan iborat. Bahorda suvi ko’payganda Sharqiy va shimoliy qirg’oqlari suv ostida qrladi. Ko’lda mayda orollar bor, yirikroqlari Pirissar va Talabskiy orollari. Ko’lga Velikaya, Emayiga, Jelcha, Aviyiga, Chyornaya kabi daryolar quyilib, Narva daryosi oqib chiqadi. Dekabrning o’rtalaridan muzlab, aprel oxiri — may boshlarida muzdan holi bo’ladi. Ko’lning suv satxi bahor oxirlarida, dare suvi ko’payganda 3 metrgacha ko’tarilib, qishda pasayadi. O’rtacha suv hajmi 25,2 kilometr kub. Chud-Pskov ko’lida baliqlarning 22 turi (leshch, plotva, sudak, sig, nalim, cho’rtan va boshqalar) bor. Ko’lda kema qatnaydi, yog’och tashiladi.