CHIRCHIQ-BO’ZSUV SUV-ENERGETIKA TRAKTI
CHIRCHIQ-BO’ZSUV SUV-ENERGETIKA TRAKTI — Chirchiq daryosi va Bo’zsuv kapali bo’ylab ketmaket joylashgan GESlar majmui. Traktning uzunligi 171,1 kilometr. Traktda umumiy o’rnatilgan quvvati 1220,6 MVt bo’lgan 19 ta GES bor. 1926 yilda ishga tushirilgan Bo’zsuv GES traktda birinchi bo’lib qurilgan. Traktning boshlanish qismida (Chirchiq daryosi o’zanida) ketma-ket 3 stansiya — Xo’jakent GES, Chorvoq GES, G’azalkent GES joylashgan. G’azalkent GESdan quyiroqda, Chirchiq daryosi suvini tartibga solib turuvchi to’g’onning o’ng tomonidan Tovoqsoy GES, Loginov nomidagi GES va Oqqovoq GESlari, Qibray GESning derivatsiya kanallari boshlanadi. So’ngra Oqqovoq2 GESning suv tashlama kanalidan boshlangan Bo’zsuv irrigasiya kanalida ketma-ket Qibray, Qodriya, Salor, Bo’zsuv, Shayxontohur, Bo’rjar, Oqgepa GESlari, 1, 2, 3, 4 hamda 6-Quyi Bo’zsuv GESlari joylashgan. Traktning barpo etilishi natijasida Chirchiq daryosi suvi yordamida elektr energiyasi hosil qilish bilan birga irrigasiya inshootlari, yirik sanoat markazlari, shaharlar, aholini, sanoat korxonalari va ekinzorlarni suv bilan ta’minlash masalalari ham kompleks hal qilingan. 2003 yilda bu traktdagi GESlarda 5625,3 million kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.