Ko’pchiligimiz daryo hamda ko’llar sathida bu hasharotlarning sirpanchiq muz ustida konkichilardek uchayotgani va cho’kib ketmayotganini ko’rganmiz. Ularning suv ustida bemalol yugurishiga nima yordam beradi? Suvo’lchagich deb ataladigan bu hasharotlarga e’tibor bilan qaralsa, ularning uzun oyoqlari uchida obdan yog’ surtilgan tukli yostiq borligini ko’ramiz. U oyog’iga boshmoq kiyib olgandek taassurot uyg’otadi kishida. Suvo’lchagichning qorinchasi ham mumsimon moddaga to’yingan tuklar bilan qoplangan, ana shuning sharofati o’laroq tanasi namlanmaydi va ular suv ustida bemalol yu guradi hamda cho’kmaydi. Ularning oyog’i oltita, old oyoqlari keyingi va o’rtadagi oyoqlaridan ko’ra kaltaroq. Orqa va o’rta oyoqlari harakatlanishi uchun xizmat qilsa, o’tkir tirnoqli old oyoqlari bilan suvo’lchagich suvga tushgan hasharotlar — pashsha va chivinlarni tutgan zahoti o’tkir tirnoqlarini tiqib oladi. Suvo’lchagich shu tariqa suvda yashaydi va shu yerda ovqatlanadi. Hasharotlarning daryo va ko’llar sathida, go’yo ularning masofasini o’lchayotgandek chopib yurishiga ishora etilib, ular suvo’lchagichlar, deb atalgan.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
