CHORTOQ MINERAL SUVI
CHORTOQ MINERAL SUVI – shifobaxsh, hidsiz va rangsiz suv. Kimyoviy tarkibi bo’yicha sulfatxloridnatriyli, suvning minerallashganligi rn=7,2 bilan 2,6 g/l va tarkibida 14 mg/l kremniy kislotasi mavjud. Suvning temperaturasi 30°. Chortoq shahridan 7 kilometr shimoli sharqda Chortoqsoy sohilida “Chortoq” sanatoriysi joylashgan. Bu yerda 1953 yil neogen yotqiziqdaridan tashkil topgan Chortoq strukturasida chuqur burg’i quduqlari (ZOYU metrgacha) yordamida mineral suv topilgan. Baqtriya seriyasi konglomeratlarida 150— 500 metr oraliqda 4 ta suv o’tkazuvchi gorizont ochilgan, chuqurligi 507 metrli burg’i qudug’i 1958 yil Farg’ona gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan qazilib, 1959 yilda foydalanishga topshirilgan. Burg’i qudug’ining debiti (sarfi) 2 ATM bosimda 7 litr/sekund atrofida. Ovqat hazm qilish organlari kasalliklarini davolashda ichish uchun foydali. Massaget seriyasi yotqiziqlaridan topilgan Chortoq mineral suvi esa, yuqori minerallashgan (60 gramm/litrgacha), gipertermalli (temperaturasi 72° gacha), xloridnatriykaltsiyli, kam radioaktivli, tarkibida yuqori darajada yod (19-48 mg/l) va brom (25 mg/l) bo’lgan gaz chiqaruvchi azotli suv. Kimyoviy elementlar majmuasining uygunligiga ko’ra, bu suv balneologik nuqtai nazaridan katta amaliy ahamiyatga ega. 1250-1550 metr chuqurlikdagi massaget seriyasi yotqiziqlarida ochilgan, favvora bo’lib chiquvchi suvlar bazasida “Chortoq” sanatoriysi faoliyat ko’rsatmoqda. Bu suv tayanch harakat organlari, poliartrit, me’daichak, ginekologik, spondilyoz, yurak, teri va boshqa kasalliklarni davolashda foydalanilmoqda. Chortoqning yodlangan mineral suvi nafaqat balneologik nuqtai nazaridan, balki sanoat uchun zarur bo’lgan yod ajratib olish ob’yekti sifatida ham ahamiyatga ega.