Armaniston

Rasmiy nomi — Armaniston Respublikasi. Poytaxti — Yerevan. Hududi — 29700 km2. Aholisi – 3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — arman. Dini — xristianlik. Pul birligi — dram.   Geografik joylashuvi va tabiati. G’arbiy Osiyo (Kavkazorti)dagi davlat. Sharqda — Ozarbayjon (chegara uzunligi 566 km), g‘arbda — Turkiya (268 km), janubda — Ozarbayjon (Naxichevan, 221 km) va Eron (35 km), shimolda Gruziya (164 km) bilan chegaradosh. Tog’li Qorabog’ muammosi bo‘yicha Ozarbayjon bilan jiddiy hududiy kelishmovchiliklar mavjud. Armaniston balandligi dengiz sathidan 1700 m bo‘lgan Arman yassitog‘ligida joylashgan tog‘li o‘lka. Eng yuqori nuqtasi — Ararat tog‘i (4090 m). Armanistonda yuzdan ortiq ko’llar bor. Eng yirigi — maydoni 1200 knr bo’lgan Sevan ko‘li. Yirik daryo­lari — Kaspiy dengiziga quyiladigan Araks va Kura. Mamlakat mineral buloqlari bilan mashhur. Uncha ko‘p bo‘lmagan oltin, molibden, mis, rux zaxiralari bor. Ko’p miqdorda qurilish toshlari mavjud. Haydaladigan yerlar hududning 17%, yaylov va o’tloqlar 20% ini tashkil qiladi.   Iqlimi — quruq kontinental. Armanistonning tog‘- oldi hududlari o‘rmonlar, tog’lar esa alp yaylovlaridan iborat. Milliy qo’riqxonalarda qo‘ng‘ir ayiq, yowoyi cho’chqa, shoqol va boshqa hayvonlar uchraydi.  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — demokratik respublika. 1920-yil 29-noyabrda tuzilgan Armaniston Respublikasi 1922-yil 30-dekabrda SSSR tarkibiga kirgan. 1991-yili Armaniston mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya imzolangan. Milliy bayrami — 28-may — Mustaqillik kuni. Davlat boshlig‘i — prezident. Bir palatali parlament — Oliy Kengash. Eng nufuz- li siyosiy partiyalari: Arman umummilliy harakati, Liberal-demokratik partiya, Respublika partiyasi, Xris- tian-demokratik partiya, Dashnoqsutyun va h.k. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodning asosiy sohalari: rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, metallni qayta ishlash, yengil oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish. Qishloq xo’jaligida ishchi kuchining 31% i band. Sitrus mevalar, paxta yetishtiriladi; chorvachilik rivojlangan; mashhur konyak va vino turlari ishlab chiqariladi. Eksportga mashinalar va transport uskunalari, qora va rangli metall, kimyoviy o’g‘itlar chiqariladi. Asosiy savdo hamkorlari — MDH davlatlari.   Temiryo’llari uzunligi — 840 km, avtomobil yo‘llari — 11300 km.  Tarixi. Hozirgi Armaniston hududidagi dastlabki davlat tuzilmasi — Urartu (m.a. XIII asr). Mamlakat ko‘p yillar davomida ossuriyaliklar, VII asrda esa mahalliy aholi bilan aralashib arman millatiga asos solgan hind-yevropa qabilalari bosqiniga duchor boigan. Yangi davlat Ahamoniylar, Iskandar Zulqarnayn, Rim imperiyasi hukmronligi ostida bo‘lgan. VII-XV asrlarda Armanistonga arablar, vizantiyaliklar, saljuqiy turklar, mo‘g‘ul-tatarlar hujum qilishgan. XVI- XVIII asrlarda mamlakatni Eron va Turkiya bo‘lib oladi, XIX asr boshlarida Armanistonning sharqiy qismi Rossiyaga qo‘shib olinadi. Armanlarning Turkiyaga qarshi milliy-ozodlik kurashining 1894-1896-yillari va 1915-1916-yillari bu millat ommaviy qirg‘in qilingan (2 million armani halok bo‘lgan). Sovet hokimiyatining oxirgi yillarida Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog1hududi bo‘yicha mojaro vujudga kelib, bu harbiy to‘qnashuvga olib keldi. Bu muammo hozirgi kunda ham oxirigacha hal etilmagan.   Armaniston bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1995-yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan.