Nepal

Rasmiy nomi — Nepal Qirolligi. Poytaxti — Katmandu. Hududi — 147181 km.kv. Aholisi 28 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — nepali. Dini — induizm (rasmiy dini 90%). Pul birligi — Nepal rupiyasi.
Geografik joylashuvi va tabiati. Osiyo qit’asining janubiy qismida joylashgan davlat. G’arbda, janubda va sharqda Hindiston (chegara uzunligi 1690 km), shimolda Xitoy bilan (1236 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 2926 km. Mamlakat janubida keng Hind-Gang tekisligi joylashgan. Markaziy qismida balandligi 2500 m bo‘lgan Mahabxorat va Churiya tepalik va tog‘liklari joylashgan. Shimolida Himolay tog`lari joylashgan. Nepalda dunyoning 7 ta eng baland cho’qqilari toiiq yoki qisman joylashgan. Jumladan, yer yuzining eng baland cho‘qqisi — Jomolungma (Everest — 8848 m) ham Nepalda joylashgan. Nepalning asosiy daryolari — Karnali, Kali-Gandak, Aruklar Gang havzasiga kiruvchi daryolar hisoblanadi. Mamlakat yuqori gidroenergetik potensialga ega bo‘lish bilan birga bir qator tabiiy resurslar — yog‘och, mis, kobalt, lignit va temir rudasi konlariga ham egalik qiladi. Ishlov beradigan yerlar mamlakat hududining 17% ini, o‘rmon va to‘qayzoylar 33% ini tashkil etadi.
 Iqlimi — tropik iqlim zonasidan arktik iqlim zonasigacha davom etadi. Shunga ko’ra o‘simlik dunyosi ham xilma-xildir.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Mamlakat tarkibiga 14 ta zona (viloyat) kiradi. Ular o‘z navbatida 75 ta distrintga (tuman) bo‘linadi. Nepal 1768-yildan buyon mustaqil davlat hisoblanadi. Qonunchilik hind qonun- lariga va ingliz umumiy huquqiga asoslanadi. Davlat boshlig‘i monarx (qirol Birendra Bir Bikram Shax Dev 1985-yil 24-fevralda taxtga o‘tirgan). Hozirgi qirolning tug‘ilgan kuni 28-dekabr — Milliy bayram hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat monarx va 2 palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi. Parlament Milliy Kengash (yuqori palata) va Deputatlar palatasi (quyi palatasi)dan iborat. Yirik siyosiy partiyalari — Nepal Kongressi, Milliy Demokratik partiya, Nepal kommunistik partiyasi.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Nepal jahonning kam rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi (YIMning 60% i) tashkil qiladi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari — sholi, bug‘doy va boshqa donli ekinlar — shakarqamish, jut, shuningdek. go‘sht va sut yetishtirish yaxshi taraqqiy etgan. Shunday bo‘lsa-da mamlakat o‘zining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Sanoat ishlab chiqarishi qishloq xo’jaligi mahsulot- larini qayta ishlash bilan chegaralangan. To‘qimachilik mahsulotlari va gilam eksport qilishdan ham sezilarli darajada foyda olinadi. Keyingi yillarda mamlakat budjetiga daromad tushirishning muhim manbalaridan bin — turizm ham yaxshi rivojlanmoqda. Asosiy savdo hamkorlari — AQSH, Hindiston, Germaniya, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya. Temiryo‘llaming umumiy uzunligi 101 km, avtomobil yo`llari esa 71400 km.
Tarixi. VII asrda Nepal hududida txakur sulolasiga asos solingan bo‘lib, ular XVIII asrga qadar hukmronlik qilgan. XIV asrdan boshlab Nepal hududida musul- monlar hukmronligidan saqlanish maqsadida hind shahzodalari o‘z knyazliklarini tuzishdi. XVI asrda Nepal hududida Nashput kastasiga mansub bo’lgan roja o‘z sulolasiga asos soldi va u 1768-yilga kelib butun Nepal knyazliklarini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. 1814-1816-yillarda inglizlar bilan olib borilgan urushlarda Nepal o‘z hududining bir qismini boy berdi. 1847-yili hokimiyatga Ran sulolasi keldi va ular Nepalni 1947-yilga qadar idora qilishdi. 1960-yili Nepalda siyosiy partiyalarning faoliyat yuritishi taqiqlangan edi, biroq 1990-yili bu taqiq yangi konstitutsiya qabul qilinishi bilan qirol tomonidan bekor qilindi. 1991-yili esa demokratik hukumat shakllantirildi.