Peru
Rasmiy nomi — Peru Respublikasi. Poytaxti — Lima. Hududi — 1285215 km.kv. Aholisi — 28 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ispan, kechua va aymara. Dini — katolik. Pul birligi nuevo sol. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerika kontinentining g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda Kolumbiya (chegara uzunligi — 2900 km) va Ekvador (1420 km), sharqda Braziliya (1506 km) va Boliviya (900 km), janubda Chili (160 km) davlatlari bilan chegaradosh. G‘arbda mamlakat qirg‘oqlari Tinch okeani bilan tutashgan. Chegaralarining umumiy uzunligi 6940 km, qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi — 2414 km. Mamlakat hududi ravshan aks ettirilgan uch topografik hududdan tashkil topgan. Sharqiy qismi yaxshi o‘rganilmagan. Amazonka havzasida pastlik o‘rmonzorlari yastanib yotibdi. Peru markazida baland tog` tizmalaridan iborat And tog‘lari joylashgan bo‘lib, uning asosiy tog‘ zanjirlari: G’arbiy Kordilyera, Markaziy Kordilyera va Sharqiy Kordilyeradir. Mamlakat va And tog‘larining eng yuqori nuqtasi — Oq Kordilyerada joylashgan Uaskaran (6768 km) tog‘i. Peru Andlarining janubida vulqonlar ham mavjud. Ulaming eng balandi — Misti (5822 km) vulqonidir. Eng yirik ko‘li qisman Peruga qarashli bo‘lgan Titikakadir. Mamlakatning asosiy daryosi Amazonka va uning Maranon, Putumaylo, Upayali irmoqlari. Peru boy yerosti qazilmalariga ega, ulardan: mis, tilla, kumush, neft, temir rudasi qazib olinadi; boshqa tabiiy resurslardan yog‘och, baliq ishlab chiqariladi va ovlanadi. Iqlimi — o‘ziga xos uch topografik hududga bo‘linadi (Kosta, Syerra, Selva). Kosta hududlari iqlimi nisbatan issiq va quruq. Syerra, And tog’ tizmalaridan tashkil topganligi sababli bu yerda doimiy past harorat hukm suradi. Selva nam va yil davomida issiqlikning teng taqsimlanganligi bilan tavsiflanadi. Faunasi: Syerrada lamalar, Selva o’rmonlarida maymunlar, yirtqichlardan yaguar va atselotlar mavjud. Bundan tashqari, ko‘pgina zaharli va bo‘g‘ma ilonlar mavjud bo‘lib, ular ichida dunyodagi eng yirik ilon — anakonda ham bor.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 24 ta departamentga bo‘lingan bo‘lib, bundan tashqari uning tarkibiga bitta konstitutsiyaviy provinsiya kiradi. Peru 1821-yil 28-iyulda mustaqillikka erishdi. Ilgari Ispaniya mustamlakasi boMgan. Milliy bayrami — mustaqillik kuni. Konstitutsiyaning amal qilishi 1992-yil 5-aprelda to‘xtatildi. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va Ministrlar Kengashi boshlig‘i premyer-ministr qo’lida jamlangan. Oliy Qonunchilik organi — Kongress (ikki palatali parlament) 1992-yil 5-aprelda tarqatib yuborilgan. Yirik siyosiy partiyalari: «Yangi ko’pchilik» — 0‘zgarish-90, Xristian demokratik partiya, Xalq harakati. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Bank ishi, energetika va tog‘-kon sanoatida davlat ulushi yirik, biroq mamlakat iqtisodi ko‘proq bozor munosabatlariga moslashtirilib bormoqda. Asosiy sanoat tarmoqlari neft va neft mahsulotlari qazib olish qo‘rg‘oshin, rux, tozalangan kumush (Peru kumush qazib olish bo‘yicha dunyo- da uchinchi o‘rinda turadi), mis (asosiy eksport mahsulotlari) qazib olish, bundan tashqari avtomobilsozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Yaponiya, Kolumbiya, Argentina. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 1801 km, avtomobil yo’llari uzunligi — 69942 km, ichki suv yo‘llari 8800 km ga yaqin. Mamlakatning asosiy portlari — Kalyao, Talara, San-Nikolas, Chimbote. Tarixi. Zamonaviy Peru hududi 1531-1536-yillarda Pisarro boshchiligidagi ispan konkistadorlari tomonidan bosib olingan inklar imperiyasi markazi edi. 1543-yilda Janubiy Amerikadagi barcha ispan mustamlakalarini o‘z ichiga olgan Peru vitse-qirolligi tashkil etildi. 1821-yilgi milliy-ozodlik harakatlari mustaqillik e’lon qilinishiga olib kelgan, biroq 1825-yilda mustaqil Boliviya davlati nomini olgan mamlakatning yuqori qismi ajralib chiqdi. Tinch okean urushlari (1879-1883) oqibatida Boliviya va Chiliga qarshi urushgan Peru o‘z hududining selitra konlari joylashgan qismini boy berdi. 1990-yilda Peru prezidenti etib saylangan, yapon oilasidan chiqqan A.Fukimori mamlakatga qat’iy iqtisod tizimini kiritib, 1992-yilda parlamentni tarqatib yubordi va Konstitutsiyaning amal qilishini to‘xtatdi. 1998-yilda Ekvador bilan chegara muammolari hal etildi.