Peru

Peru (Peru), Peru Respublikasi (Republika del Peru) — Jan. Amerika- ning g’arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 1 mln. 285,2 ming km2. Axoliey 27,9 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lima sh. Ma’muriy jiqatdan 25 departament (departamento) ga bulinadi. Davlat tuzumi. P. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1993 y. 29 dek. da qabul qilingan, unga 2000 y.da tuza- tishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — prezident (2001 y.dan Alexandro to- Ledo Manrike), u to’g’ri va yashirin ovoz berish nuli b-n 5 y. muddatga sailanadi. Prezident ketma-ket ikkinchi muddatga kayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kon- gress (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar ken- gashi amalga oshiradi. Prezident Vazir- lar Kengashining raisi va uning tavsiya- siga binoan vazirlarni tayinlaydi. Tabiati. Sohil qismi eni 80-180 km li tekislik (Kosta), markazi tog’lik (Serra) va sharqi sernam o’rmonli tog’oldi (Selva). P. maydonining 1/3 kismiga yaqini tog’. Peru and tog’lari bo’ylama vodiylar orqali G’arbiy, Marka- ziy va Sharqiy Kordilera tizmalariga bo’linadi. Eng baland joyi 6768 m (ua- skaran tog’i). Jan.da Puna yassitog’ligi bor. Neft, mis, polimetall, uran ruda- lari, kumir, tabiiy gaz konlari topil- gan. P. hududining katta qismi iqlimi — ekvatorga xos va tropik. Yil davo- mida o’rtacha t-ra sohilda 15-25°, shim. dagi yassitog’liklarda 12-16°, Jan.da 5-9°, tekislikda 24— 29°. Yillik yog’in tog’larda 1000 mm, Selvada 3000 mm gacha. Ko’p daryolari (Maranon, Ukayali) Amazonka havza-siga mansub. Yirik ko’li — Titikaka. Sohili va tog’yon bag’irlari butazor va kaktuszor. Tog’larning Sharqiy yon bag’ri va tekisliklar doim yashil tro- pik o’rmonzor. Hayvonot dunyosi xilma-xil: yaguar, tulki, Puma, turli qushlar, sudralib yuruvchilar, guanako, vikunya, maymun, chumolixo’r, yalqov, tapir va h.k. Daryo va ko’llarida baliq ko’p. Milliy bog’lari — Manu, Serros-de-Amotane va b. Aholisining yarmiga yaqini kechua, aymara indeyslari, qolganlari Peru-an- lar (ispan-indeys metislari). Rasmiy tillar — ispan, kechua, aymara tillari. Dindorlarning aksariyati — katolik. Shahar aholisi 72%. Yirik shaharlari: Lima, Kalyao, Arekipa, Truxilo, Chi- klayo, Kusko. Tarixi. P. hududi qad. Zamonlarda inklarning Tauantinsuyu davlati tarki- biga kirgan. 1532-36 y.larda ispan kon- kistadorlari bu davlatni bosib oldi. 1543 y. P. Ispaniyaning vise-qirolligi deb e’lon qilindi va erlar ispan mu- stamlakachilari o’rtasida bo’lina bosh- ladi. 1780-83 y.larda in-deyslar Tupak Amaru rahbarligida qo’zg’olon ko’tardi. Amerikadagi ispan mustam- lakalarining mustaqillik yo’lidagi urushlari (1810-26) davomida 1821 y. P. mustaqilligi e’lon qilindi. 1822 y. P. Respublikasi tuzildi va birinchi kon- stitusiya qabul etildi. 1825 y. mamla- katning Jan.-Sharqiy qis-mi — yuqori P. mustaqil Boliviya Respublikasi deb atala boshladi. 19-a.ning 30-y.lari oxi- ri —40-y.lari boshida konservatorlar b-n liberallar o’rta-sida hokimiyat uchun kurash avj oldi. P.ning Chili b-n uru-shi (1879-83) oqibatida mamlakat o’z hududining bir qismidan mahrum bo’ldi. l-jahon urushi vaqtida P. betaraf tur- Di. 1933 y. qabul etilgan Konstitusiya- da prezident — parlament idora usuli belgilandi. 2-jahon urushi vaqtida P. hukumati 1945 y. Germaniya va Yaponiyaga urush e’lon qildi. 1948-56 y.larda hukmronlik qilgan diktatorlik rejimi mamlakatdagi fuqarolar erkinligini tugatdi. Meh- natkashlarning noroziligi kuchayib, hukumatga qarshi keng ko’lamli hara- katga aylandi (1950 y. Arekipa sh.dagi qurolli qo’zg’olon, 1954-55 y.lardagi ish tashlashlar va b.). 1956-62 y.da mamlakatni idora qilgan hukumat demok-ratik erkinliklarni tikla- Di. 1963 y. hokimiyat tepasiga chiqqan hukumat islohot dasturini e’lon qilgan bo’lsada, aslida xalq manfaatlariga zid yo’l tutdi. 1968 y.dagi harbiy to’ntarish natijasida hokimiyatni qo’lga olgan harbiylar iqtisodiy va siyosiy mus- taqillik uchun kurash boshladi, tashqi siyosatda mustaqil yo’ldan bordi. 1980 y. o’tkazilgan umumiy saylov yakunida hokimiyat fuqaro hukumatiga topshiril- Di, mamlakatda konstitusiyaviy idora usuli tiklandi. 1992 y. apr.da 1980 y.gi Konstitusiya bekor qilin-Di, parlament tarqatib yuborildi. 1993 y. yangi kon- stitusiya qabul etildi. 2001 y. 3 iyunda bo’lib o’tgan ovoz berishning ikkinchi davrasi yakunida “Peruning kelajagi uchun” partiyasining rahbari Alexandro Toledo Manrike prezident etib saylan- Di. P. — 1945 y.dan BMT a’zosi. O’zR Su- verenitetini 1991 y. 19 dek.da tan olgan va 1999 y. dek.da diplomatiya munosabat- lari o’rnatgan. Milliy bayrami — 28 iyul — Mustaqillik kuni (1821). Asosiy siyosiy partiyalari va kasa- ba uyushmalari. “Peruning kelajagi uchun”, siyosiy partiya; Xalq harakati partiyasi, 1956 y. asos solingan; Xalq- xristian partiyasi, 1966 y. tuzilgan; P. Aprist partiyasi, 1924 i. Tashkil etilgan; P. kommunistik partiyasi, 1928 y. asos solingan; P. uchun ittifoq partiyasi, 1994 y. tuzilgan; xristi- an-demokratik partiya, 1956 y. Tashkil etilgan. P. mehnatkashlari umumiy kon- federasiyasi, 1929 y. tuzilgan; P. meh- natkashlari Birlashgan kasaba uyushma markazi, 1992 y. tashkil etilgan. Xo’jaligi. P. — konchilik va kayta ishlash sanoati nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoatining ulushi 10,7%, qayta ishlash sanoatining ulushi 21,5%, qishloq va o’rmon xo’jaligining ulushi 13,2%. Qishloq xo’jaligida faol aqolining 40% band; dehqonchilik — etakchi tarmoq. Mamlakat hududining 3% ga ekin ekiladi, 91% o’tloq va yaylov. Eksport uchun shakarqamish, paxta, kofe, tsitrus mevalar, kakao, choy, tamaki, koka bar- gi etishtiriladi, ichki iste’mol uchun sholi, makkajo’-xori, bug’doy, arpa, ma- niok, oq jo’xo-ri, kartoshka, loviya va b. ekiladi. Go’sht va jun beradigan chorva- chilik rivojlangan: qoramol, cho’chqa, qo’y, ot, shuningdek, Lama, alpaka boqiladi, baliqchilik rivojlangan. Ovlangan baliqning ko’p qismidan un va baliq yog’i ishlab chiqariladi. Sanoati da turli foyda- li qazilmalarni qazib olish katta ahamiyatga ega. Jahon bozorida P. vis- mut, surma, molibden, volfram, simob, selen, tellur etkazib berishda salmokli urin oladi. Shu metallarning asosiy qismi Oroya sh.dagi polimetall k-ti va Chim-Bote sh.dagi metallurgiya k-tida eri-tiladi. Talara, La-Pampilyadagi va Lima yaqinidagi z-dlar yiliga 8,5 mln. tonna neftni qayta ishlaydi. Oziq- ovqat va to’qimachilik tarmoklari rivoj- langan. Mashinasozlik (shu jumladan, kemasozlik va avtoyig’uv), kimyo, rezina, tsellyuloza-qog’oz, ko’n, poyab-zal, tikuv- chilik sanoati korxonalari bor. Yiliga o’rtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transporti. Temir yo’llar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yo’llari uz. — 70 ming km. Dengiz savdo flotining ton- Naji 616 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari — San-Nikolas, Kalyao, tala- ra, Chimbote. Tashqi savdosi . P.dan chetga mis, ku- mush, qo’rg’oshin, rux, temir ruda, neft va neft mahsulotlari, kofe, qand- shakar, baliq mahsulotlari, paxta tola- si, jun va b. chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, chala tayyor mahsulotlar, qurilish materiallari, keng iste’mol mollari kel-tiriladi. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Lotin Amerikasi mamlakatla- ri b-n savdo qiladi. Pul birligi — yangi sol. Maorifi, ilmiy va madaniyma’ri- fiy muassasalari. Bolalar 6 yoshgacha bog’chada tarbiyalanadi. 9 y.lik yagona va bepul umumiy ta’lim joriy etilgan. Davlat maktabi b-n birga xususiy va cherkov maktablari ham bor. 9 y.lik MAK- Tab umumiy ta’limdan tashqari meqnat ta’limi xam beradi. Kechua in-deyslari ona tilida o’qitiladi. Tijo-rat, hunar- texnika, ped. va b. o’rta o’quv yurtlari mavjud. 33 un-t bor; yiriklari: Lima- da “Sanmarkoe” Milliy un-ti (1551 y. asos solingan), Milliy muxandislik un-ti (1955), Arekipada “San-Agustin” Milliy un-ti (1828) va b. Ilmiy muas- sasalari: Milliy tib-biyot akademiyasi (1884), P. til akade-miyasi (1887), Lima geogr. jamiyati (1888), P. atom energiyasi in-ti (1945), boshlang’ich ta’lim tajriba in-ti (1940), P. dengiz in-ti (1964) va b. Limada Milliy kutubxona (1821), “San- markoe” un-ti va Milliy muhan-dislik un-tining kutubxonalari, Milliy tarix muzeyi (1921), P. mada-niyati milliy mu- zeyi (1946), antropologiya va arxeologiya muzeyi (1938), “Xaver Prado” muzeyi va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va te- leko’rsatuvi. Yirik gaz. va jur.lari: “Komersio” (“savdosotiq”, kundalik gaz., 1839 y.dan), “Oxo” (“diyda”, kun- dalik gaz., 1968 y.dan), “Peruano” (“Pe- Rulik”, hukumatning kundalik gaz., 1825 y.dan), “Republika” (“Respublika”, kun- dalik gaz., 1982 y.dan), “Unidad” (“bir- lik”, kundalik gaz., 1956 y.dan), “eks- preso” (“tezkor”, kundalik gaz., 1961 y.dan), “ekstra” (kundalik kechki gaz., 1964 y.dan); “Alerta agraria”, (q.x. ma- salalarini yorituvchi oylikjur., 1987 y.dan) , “oyga” (“tin-glang”, haftalik jur., 1963 y.dan). Axen-Sia de Notisias Andina milliy axborot agentligi 1981 y.da tuzilgan. Bosh aloqa boshqarmasi radio va televide-nieni nazorat qiladi. “Radio Nasional del Peru” hukumat Mahkamasiga 1937 y. asos solingan. Teleko’rsatuvlar 1958 y.dan olib bori- ladi. Adabiyoti ispan, kechua va aymara til- larida. Azaliy xalq og’zaki ijodiyo-ti boy. Kechua tilidagi “Olyantay” xalq dramasi mustamlaka davridan avval- gi eng muhim adabiy yodgorlikdir (bu asar matni 18-a.da qayta ishlanib, 1853 y.da nashr etiddi). Mustamlaka davrida yara-tilgan tarixiy voqealar bayoni is- Pan tilidagi adabiyotga asos soldi. Ink Garsilaso de la Veganing “Inklarning shohona sharhlari” kad. tarix va mada- niyatga oid asosiy manbadir. 17-18-a. larda risarlikni tarannum etadigan, shuningdek, diniy-falsafiy, ma’ri- fiy she’riyat va Nasr rivojlandi. Xalq ijodiyotida esa ispanlarga karshi Kay- fiyat ifodalandi. 19-a. oxiri —20-a. boshlarida M. Melgar ijo-dida ispan kitobiy she’riyati b-n in-deys folklo- ri an’analari birlashib ketdi. “Peru rivoyatlari” degan 12kismli salmokdi asar yaratgan R. Palma P. adabiyotini yanada rivojlantirdi. Mus-taqillik e’- lon qilingandan so’ng adabiy hayot jon- landi, milliy teatr uchun satirik asar va komediyalar (F. Par-do-ialyago va M. Asensio Segura) yozildi. 20-a. boshi ada- biyotida modernizm, simvolizm, 1-jahon urushidan keyin avangardizm oqimlari rasm bo’ldi. 2-jahon urushi davrida va undan keyin S. Alegriya, X. M. Arge- Dasning tanqidiy romanlarida, X. R. Ri-beyro, E. Kongrayns Martinning sha- har qashshoqlari hayotini tasvirlovchi hikoyalarida o’tkir ijtimoiy muammo- lar ko’tarildi. 70— 90-y.larda shoir- lardan V. Delgado, A. Romualdo, X.G. Rose, dramaturglardan X. Rios, E. So- lari Sueyn, shoir M. Vargas Losa xalq turmushi va orzu-is-taklarini haqqoniy yoritdilar. Me’morligi va tasviriy san’ati. P. madaniyati — Lotin Amerikasidagi eng qad.laridan biri. Mil. AV. 10-8-a.lar- da madaniy markazlar mavjud bo’lgan. Badiiy hunarmandchilik buyumlari (jun va ipdan to’qilgan kashtali gilamlar, oltin, kumush haykalchalar, metall, so- Pol, zarang idishlar va b.) bizning dav- rimizgacha saqlangan. Mus-tamlakachilik tartiblari qad. san’at rivojiga xalaqit berdi. P.da saqlanib qolgan qad. Shaharlarda to’g’ri burchakli kvartallar, tor ko’chalar, qo’rg’onlar (Machu-Pikchu, Saksauaman), qabristonlar, saroylar, ibodatxonalar, diniy marosimlar o’tkaziladigan Amfi- teatrlar, pog’onali ehromlar bo’lgan. 16- a. 2yarmi va 17-a. 1yarmidan to’g’ri ko’chali yangi shaharlar, yirik shaharlarda eV- ropacha uslubda cherkovlar bunyod etildi (17-a. 2yarmi va 18-a.da barokko, 19-a. da klassisizm uslublarida), uylarning ichki tomonini bezashga e’tibor beril- Di. 19-20-a.larda turli uslubda imo- ratlar qurildi. M. Pikeras Kotoli, E. Seoane Ros, L. Miro Kesada Garland singari me’morlar “yangi perucha uslub” yaratdilar. Lima sh., Ankon kurorti va b. qayta qurildi. 19-a.da zamonaviy rassomchilik ri- vojlanib, I. Merino, F. Laso, K. Baka Flor, D. Ernandes kabi rangtasvirchilar etishdi. 20-a. rassomlaridan X. Sabo- gal, X. Kodesido, xaykaltaroshlaridan K. Sako, I. Poso va b.lar o’z asarlarida xalq hayotini, indeyslar turmushini aks ettirdilar, qad. san’at an’analarini rivojlantirdilar. P. tasviriy san’a- tida kubizm, ekspressionizm, abstract san’at keng tarqaldi. Xalk, san’ati- da geometrik shakllar hosil qilib gul to’qiladigan yomg’ir po’shlar, sopol idish, haykalchalar, qadama naqsh tushirilgan idish va bu-yumlar yasash rivoj topgan. Musiqasi. Qad. inklar musiqasi pen- tatonikaga asoslangan bo’lib, diniy, harbiy, saroy va xalq musiqasidan ibo- rat. Diniy madhiyalar (xayl), tarixiy ri- voyat qo’shiklari (taki), marsiya (uan-ka) va lirik qo’shiqlar (aravi) kabi musiqiy janrlar, raqslar (uayno, kaiua, karuyo) rivojlangan. Cholg’u as-boblari: uankar, tinya kabi barabanlar, anata, kena, tarka kabi puflab chalinadigan sozlar, erke, aykori kabi karnay va b. keng tarqalgan. Bular kechua va aymara indeyslarining madaniy merosiga xos bo’lsa, kreol xalq musiqasida ispan musiqiy madaniyati- ning ta’siri seziladi. Kreollarning asosiy musiqa asboblari gitara va Arfa- dir; 19-20-a. kompozitorlaridan X. B. Al-sedo, X. M. Vale Riestra, O. Polar, M. Agirre, P. Chaves Agilarni ko’rsatish mumkin. Zamonaviy kompozitorlar ora- sida A. Gevara Ochoa alohida ajralib turadi. Limada milliy konservatoriya, Filarmoniya jamiyati, munisipal teatr, Milliy simfonik orkestr bor. Teatri. Inklar davlati tashkil to- pishi b-n P. teatr san’ati rivojlana boshladi. Qad. teatr tomoshalarining bir necha turi mavjud bo’lib, ular mu- siqa jo’rligida, xor bo’lib ashula ay-tib ijro etilgan. Kechua tilidagi “olyan- tay” xalq dramasi mashhur bo’lgan. 1548 y. birinchi dunyoviy tomosha ko’rsa- tilgan. 17-a.da J. Lelio, G. del Rio truppalari Shuhrat qozongan. 1680 y. Limada “prinsipal” teatri qurildi. “Koliseo de komediya”, “komediya na- Sonal” va b. teatrlarda P.lik taniqli aktyorlar T. Miranda, E. Peres va b. eti- shib chikdi. 20-a.ning 60-y.laridan turli shaharlarda teatr festivallari o’tkazila boshladi. Limadagi M. A. Se-Gura tea- tri, havaskor aktyorlarning “La Kaba- nya” truppasi P. dramaturglarining pesalarini sahnalashtiradi. Aktyorla- ri: L. Arrista, E. Samorano, D. Paredes va b. mashhur. Teatrlar uchun kadrlar Li- madagi Milliy drama san’ati in-tida tayyorlanadi. Kinosi tarixi 1913 y.dan boshlan- gan. Shu yili birinchi film suratga olingan. 20-a.ning 30-y.larida milliy ki-nematofafiya shakllandi, Limada bi- rinchi kinofirma vujudga keddi. Keyin- gi yillarda A. Robles Godoy “Selvada yulduzlar yo’q”, “ko’k devor”, “Sarob”, “Uayanaydagi voqea” filmlarini yaratdi. “Erning kuchi” (rej. B. Arias), “Ton-Gdagi ajal” (rej. F. Xose Lombar- Di) filmlari ham dunyo yuzini ko’rdi. X. Uako, S. Vilyanueva, E. Nisimai, E. Chambining hujjatli filmlarida in- deyslar turmushining o’tkir shktimoiy muammolari ko’tarilgan.