Pediatriya

Pediatriya (Yun. pais — go’dak va iatreia — davolash) — bola organizmi- ning anatomik-fiziologik xususiyatla- ri, bolalar kasalliklarining kelib chi- qish sabablari va ularning rivojlanish mexanizmlarini o’rganadi; kasalliklar- ni aniklash, davolash va ularning oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Bolalarni ovqatlantirish, parva- rish qilish, ba’zi bolalar kasallikla- rini davolash to’g’risida ayrim fikr va maslaxdtlar Gippokrat, Galen, Abu Ali ibn Siio va b. asarlarida uchrasa ham, P. 19-a.ning 2yarmida mustaqil fan sifati- da shakllandi. Uzbekistonda pediatriya sohasidagi tadqiqotlar Urta Osiyo un-ti tibbiyot f-ti bolalar kasalliklari kafedra- sida boshlandi. 1927 y.da Toshkentda Onalik va bolanikni muhofaza qilish i.t. in-tining tashkil qilinishi, key- inchalik tibbiyot in-tlarida pediatriya f-tining ochilishi, 1962 y.da Sog’liqni saklash vazirligi qoshida “bolalar or- ganizmining norma va patologiyadagi yosh xususiyatlari” muammolari Respu- blika komissiyasining tuzilishi, 1966 y.da “akusherlik, ginekologiya va Pedi- atriya i.t. instituti”ning qayta tashkil qilinishi, 1972 y.da Urta Osiyo pedia- triya tibbiyot in-ti (xoz. Toshkent pedia- triya tibbiyot in-ti)ning barpo etilishi P. fanining tez rivojlanishiga imkon berdi. 1920 y.dan boshlab mahalliy turmush sharoitlari, ularning bola organizmiga ta’siri, Uzbekiston sharoitida bolalar kasalliklarining kechish xususiyatla- ri va ularning oldini olish yo’llarini o’rganishga kirishildi; bezgak kasalli- gi (N. I. Osinovskiy, K. G. Titov, L. M. Isaev, L. S. Aleksandrova), bolalikdagi visseral leyshmanioz va b. Kasalliklar o’rganildi (N. I. Xodukin, R. S. Gershe- novich, M. A. Mirzoyan, V. K. Ivanov), 50-60-y.larda bolalardagi o’tkir va Su- runkali me’da-ichak kasalliklari usti- da ish olib borildi (S. G. Shamsiev, H. A. Yunusova, O. S. Maxmudov, V. G. Ba- lobonkin, M. A. Mir-zamuhamedov, F. X. Nazarmuhamedov, B. A. Aminov, A. H. Hamroev va b.). Respublikamiz iqlim sharoitida bo- lalar siydik yo’lining fiziologiyasi va patologiyasi (K. X. Tohirov, L. S. Alek- sandrova, A. S. Saydaliev, A. S. Sulay- monov), bolalar sili (M. 3. Lyu-beskaya, A. A. Saidaxmedov, V. A. Elkonina), qon kasalliklari o’rganildi (A. T. To’raev, N. N. Chukanin, 3. N. Bekna-zarova). Ona qornidaligida gipotrofiyaga uchragan bolalarda ularning yoshiga va ovqatlanish turiga qarab aminokislotalar almashi- nuvi masalasi, nefritda bolalar immun reaktivligi ko’rsatkichlari, o’tkir va Su- runkali virusli gepatitlarning oldini olish, ularga tashhis qo’yish va davolash masalalari (H. A. Yunusova, O. S. Maxmu- dov, N. S. Loginova, K. M. Mirzaev, T. O. Daminov), o’t pufagi va o’t yo’llari kasal- liklari, revmatik kasalliklar, yosh bo- lalarda elektroentsefalik xususiyatlar o’rganildi (M. A. Mirzamuhamedov, I. A. Bodnya, S. N. Yo’ldosheva, M. R. Nuritdi- Nov, A. T. Oqilov, S. Abdurahmonova va b.). Bolalardagi zotiljam, allergik va immunologik kasalliklar, shuningdek, P. fani va amaliyotining eng dolzarb muammosi — sog’lom avlodni tarbiyalash va voyaga etkazish ustida keng ko’lamda il- miy ishlar olib borilmoqda. Bola sog’liq holatining mamla-katimizga xos bo’lgan me’yor ko’rsatkichlari, bola organizmi- ning immun hola-ti, sog’lom va bemor bola ovqatlanishi masalasi hamda buni yaxshilash yo’l-yo’riqlari, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish va b. muammo- larni har tomonlama o’rganish bo’yicha ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda. Dilbar Mahmudova.