Paxtachi tumani

Paxtachi tumani – Samarqand viloyati tarkibidagi tuman. 1935 y. 9 Fev.da Narpay tumani hududining bir qismida Paxtakor tumani nomi b-n tash- kil qilingan. 1963 y.da yana Narpay tu- maniga qo’shilgan. 1973 y. 12 apr.da P.t. nomi b-n yana Narpay tuma-nidan alohida tuman qilib ajratildi. Sharkdan Nar- pay tumani, shim, shim. -G’arb va g’arbdan Navoiy viloya-tining Xatirchi, Navoiy, Navbahor tumanlari, Jan.dan Nurobod tumani b-n chegaradosh. Mayd. 1,37 ming km2. Aholisi 114,6 ming kishi (2003). P.t.da 1 shaharcha (Ziyovuddin), 8 qishloq fuqarolari yig’ini (Misit, Po’latchi, Sultonobod, Xayrobod, Xumor, Qarnob, Quyiboq, g’alaba) bor. Markazi — Ziyo- vuddin shaharchasi. Tabiati. Tuman viloyatning g’arbiy qismida joylashgan: Zarafshon tizma- sining davomi bo’lgan Zirabuloq va zi- yovuddin tog’lari tuman xududini ikki qismga —sug’orilmaydigan keng Qarnob cho’liga va shim. — Zarafshon vodiysi- ning sug’oriladigan chap sohili tekis- ligiga ajratib turadi. Tumanning shim. qismidan (sharkdan g’arbga tomon) za- rafshon daryosi oqib o’tadi. Uning o’zani ancha past bo’lganligidan suv chiqarish qiyin. Ekinlarni sug’orishda Narpay kanalidan foydalaniladi. Kanalning 370 dan ortiq shoxobchasi bor. Tumanning dasht kismida kanal suvi nasoslar yorda- mida yuqoriga ko’tariladi. Ikli-mi ke- skin kontinental. Yiliga 230-250 mm yog’in yog’adi. Bahor iliq va seryog’in. Yozda t-rasi 42-45°ga etadi. Iyulning o’rtacha t-rasi 28°. Yanv.ning o’rtacha t-rasi —g, ayrim kunlari sovuq -30°gacha etadi. Tuproqdari, asosan, bo’z tuproklardan iborat. Ba’zi joylarda sho’rxok, qumoq yoki gilli bo’z tuproqlar uchraydi. Zaraf- shon daryosi qayirida er osti suvlari yuza bo’lgani uchun katta-katta may-donlarda allyuvial jinslar ustida bot-qoq- o’tloq tuproqlar paydo bo’lgan. Yovvoyi o’simliklardan Qarnob cho’lida saksovul, efemer va efemeroidlar uchraydi, shuvoq, sho’ra, qiyoq, qo’ng’irbosh, sariq gulli beda, chayir, lolaqizg’aldoq, tuyaqorin, yantoq, Zarafshon daryosi to’qaylarida turli o’simliklar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan to’qaylarda, Ziyovuddin va Zirabuloq tog’larida tolay tovushqoni, jayra, Jay- ran, qobon, tulki, chiyabo’ri, yumronqoziq, dala sich-qoni, kalamush, ondatra va b. sut emizuvchilar; qushlardan qirg’ovul, o’tkinchi yovvoyi o’rdaklar, ko’kqo’ton, laylak, to’qay chumchuqlari, chittak, may- na, jarqaldir-g’och, ko’kqarg’a, kaptar, zag’izg’on, boy-ugli, so’fito’rg’ay, kaklik va b., suv havzalarida har xil baliklar bor. Chayon, turli hasharotlar, suvilon- lar, kal-takesaklar, toshbaqa va b. uchray- Di. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuning- dek, rus, tatar, qozoq, tojik, koreys, qirg’iz, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 84 kishi. Sha-harliklar 13,3 ming kishi, qishloq aholisi 101,3 ming kishi. Xo’jaligi. Tuman xo’jaligi, asosan, q.x.ga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari mavjud. Tumanda pax- tachilik, g’allachilik, sab-zavotchilik, polizchilik, chorvachilik va pillachilik b-n shug’ullaniladi. 1 qo’shma korxona, 22 kichik korxona, 14 aktsiyadorlik jamiyati, 15 qurilish korxonasi, xususiy do’kon va korxonalar, 6 savdo tashkiloti, 223 mai- shiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi mavjud (2003). Q.x.ning etakchi tarmog’i — pax- tachilik. Q.x.da sug’oriladigan erlar- ga paxta, don, poliz, sabzavot, beda, em-xashak ekinlari ekiladi. P.t.da 14 shirkat xo’jaligi, 645 dehqon-fermer xo’jaliklari bor. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida qoramol, qo’y va echki, ot, parranda boqiladi. P.t.da 47 umumiy ta’lim maktabi (25,3 ming o’quvchi), 3 kasb-hunar kolleji (1800 talaba), 45 ku- tubxona, 17 madaniyat uyi, 8 stadion, 43 sport maydonchalari mavjud. 4 kasalxo- nada 125 vrach, 250 o’rta tibbiy xodim ish- laydi. Tuman aholisiga 13 qishloq vrach- lik, 39 feldsher-akusherlik punktlari, 12 qishloq davolash am-bulatoriyalari, 19 dorixona xizmat ko’rsatadi.