PACHKAMAR GAZ-KONDENSAT Koni

PACHKAMAR GAZ-KONDENSAT Koni — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi kon. Dehqonobod va G’uzor sh.lari oralig’ida joylash- gan. Kon may-doni o’rtacha balandlik- dagi tog’relefidan iborat bo’lib, bal. 700-800 m. Pachkamar strukturasi 1952 y.da 1:25000 masshtabdagi struktura- viy-geologik s’yomka natijasida ani- klangan va 1973 y.da dastlabki para- metrik quduq qazilgan. 1974 y.da quduq sinab ko’rilganda yuqori yura davri- ning karbonatli yotqiziqarida sanoat ahamiyatidagi gaz uyumi borligi ma’lum bo’ldi. 1973 y.dan 1978 y.gacha 6 burg’i qudug’i qazilgan. Qudukdarning o’rtacha chuq. 1919-2210 m. 6 qudukdan faqat bit- tasi — parametrik quduq (chuq. 2210 m) gazlilik chega-rasi ichida, qolgan 5 tasi gazlilik che-garasidan tashqarida joy- lashgan. Konning geologik tuzilishida yura, bo’r, paleogen, neogen va to’rtlamchi davr yot-qiziklari ishtirok etadi. Tektonik jihatdan Pachkamar struk- turasi Qaroillangar antiklinalining Jan.-Sharqiy qanotida, u ham o’z na- vbatida Boysun megaantiklinalining shim.-g’arbiy chekkasida joylashgan. Pach- kamar burmasi shim.-Sharqiy yo’nalishda cho’zilgan braxiantiklinaldan iborat, uning o’lchami — 1300 m chuqurlikdagi berk izogips chizig’i bo’ylab 6,5×2,2 km, bal. 200 m. Shim.-g’arbiy kanotning yotish burchagi 18— 20°, Jan.-sharqiysi 20-25°, periklinallariniki 3-10°. Burmaning shim.-g’arbiy qanoti yoriq b-n buzilib mu-rakkablashgan. Sanoat ahamiyatiga molik gaz yuqori yura davri karbonat jinslarining 16-, 15A-, 15 – gorizontlari b-n bog’liq. Gaz, asosan, murakkab (15-gorizont) va g’ovak- darzli (16a va 16 – gorizontlar) kollek- torlarda uchraydi. Gaz sarfi (konden- sat b-n birga) sutkada: 16-go-rizontda 494,8 ming m3, 15A da -344,4 ming m3, 15 – da -531,1 ming m3. Kondagi gaz zich- ligi 0,692—0,696 g/sm3. Gaz tarkibi- da hajmiga nisbatan, % da: metan 80,0; etan 7,72; propan 4,3; mo”ta-dil Butan 11,04; izobutan 0,84; mo”tadil pentan 0,27; izopentan 0,41; vodorod sulfid va karbonat angidrid gazi yig’indisi 0,3; azot 2,86. Gazdagi mikrokomponentlar miqdori, mg/l: yod 1,3—2,03 dan 5,28— 6,49 gacha; brom 16,5—49,0 dan 69,08— 85,02 gacha; bor oksidi 5,3—21,9 dan 52,6—122,6 gacha. Hoz. kunda kon sanoat mikyosida foy-dalanishga tayyorlangan.