Paxtakor tumani

Paxtakor tumani – jiz- zax viloyati tarkibidagi tuman. 1967 y. 9 yanv.da Mirzacho’l Jan.-g’arbidagi o’zlashtirilgan erlar negizida sirda- ryo viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1974 y. Jizzax viloyati tashkil etilishi munosabati b-n ushbu viloyat tarkibiga o’tkazilgan. G’arbda Zafaro-bod va arna- soy, shim.da Do’stlik, Sharqda Sirdaryo viloyati Sharof Rashidov tumanlari va viloyatning Zarbdor, Jan.da Jizzax tu- manlari b-n che-garadosh. Mayd. 0,38 ming km2. Aholisi 57,9 ming kishi (2003). P.t.da 1 shahar (Paxtakor), 7 qishloq fuqarolari yig’ini (Akmal Ikromov, Mingchinor, Olmazor, Oqbuloq, Paxta- kor, Samarqand, Chamanzor) bor. Markazi — Paxtakor sh. Tabiati. Tuman hududi Mirzacho’lning g’arbida joylashgan. Relefi, asosan, te- kislik (o’rtacha bal. 295 m). Er osti suv- lari yuza va sho’r hamda sho’rtob. Tuman hududidan Jan. Mirzacho’l kanali o’tgan. Oqova sho’r suvlarni chiqarib yuborish uchun zovurlar qazilgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning o’rtacha t-rasi 30-35°, eng yuqori t-ra 40°, yanv.niki -4°. Yillik yog’in 280-300 mm. Vege- tasiya davri 205— 210 kun. Tuproqlari, asosan, bo’z, och bo’z, sho’rxok tuproqlar. Yovvoyi o’simliklardan yantoq, sho’ra, shuvoq, qo’ng’irbosh, qiyoq, qamish, yulg’un, oqbosh, g’umay, pechak, ituzum, tol, jiy- da, terak o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo’ri, quyon, kala-mush, ilon, kaltakesak; qushlardan o’rdak, tustovuq, qirg’ovul, kalxat, kaptar, chug’urchiq, qarg’a, so’fito’rg’ay, mayna va b. bor. Aholisi, asosan, o’zbeklar (88%), shu- ningdek, qozoq, rus, ukrain va b. Millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o’rtacha 152 kishi to’g’ri keladi. Shaharliklar 19,4 ming kishi, qishloq axoliey 38,5 ming kishi. Xo’jaligi. Tuman xo’jaligi, asosan, q.x.ga ixtisoslashgan. Sanoat, trans- port, aloqa korxonalari bor. Shirkat xo’jaliklari paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog’dorchilik, chorvachilik b-n shug’ullanadi. Tuman- da O’zbekiston—Polsha “O’zpolteks” qo’shma korxonasi, 140 ga yaqin kichik kor- xona va xususiy firmalar, aktsiyadorlik jamiyatlari, 2 paxta tozalash z-Di, q.x. texnikasini ta’mirlash korxonasi, Pax- takor sh. bozori mavjud. Q.x.ning etakchi tarmoklari — paxtachilik, g’allachilik. Sug’oriladigan erlar 26,5 ming ga dan ziyod, shu jumladan, 12,8 ming ga erga paxta, 11,1 ming ga erga g’alla, 2,6 ming ga erga boshqa ekinlar ekiladi. 12 shir- kat, 965 fermer xo’jaliklari bor. Tuman shirkat va shaxsiy xo’jaliklarida 15,2 mingga yaqin qoramol, 11,4 mingdan ziyod qo’y va echki, 275 yilqi boqiladi (1999). P.t.da 20 umumiy ta’lim maktabi (13,2 ming o’quvchi), shu jumladan, internat- maktab, boks va kurash maktabi, bola- lar sport maktabi, lisey, kasb-hunar kolleji, madaniyat va istirohat bog’i, badiiy havaskorlik, folklor-etnogra- FIK ansambllari ishlab turibdi. Mar- kaziy stadion, bolalar sport majmuasi, yopiq suzish havzasi, shahardagi har bir mahallada sport majmualari faoli- yat ko’rsatadi. Markaziy kasalxona (280 o’rin), kattalar va bolalar poliklinika- lari, 5 qishloq vrachlik punkti va b. tib- biy muassasalar bor. P. — Jizzax, P. — Toshkent, P. — Guliston, P. — Samarqand yo’nalishlari bo’yicha avtobus qatnovi yo’lga qo’yilgan. 1969 y.dan “Paxtakor” gaz. Chiqadi (1999 y.da adadi 1 ming). Paxtaobod — Andijon viloyati Paxtaobod tumani- dagi shahar (1975 y. gacha Qo’qon qishloq shaharchasi). Tuman markazi. Viloyat Mar- kazi (Andijon sh.)dan 44 km, yaqin t.y. stantsiyasi— Tentaksoy (1 km). Aholisi 23,2 ming kishi (2003). P.da tuman hokimiyati binosi, davlat, ma’muriy, qurilish tashkilotlari, Avto- korxona, non mahsulotlari i.ch. korxona- si, 5 umumiy ta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji, musiqa, sport maktablari, sta- Dion, kutubxona, klublar, madaniyat va istiroxat bog’i, muzey, kasalxona, po- liklinika, dorixo-na, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. P. — Andijon yo’nalishida avtobus- lar katnaydi.