Paxtaobod tumani

Paxtaobod tumani – Andijon vsioyatid&t tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil qilingan. 1962 y. 24 dek.da iz- boskan tumani b-n birlashtirilgan. 1970 y. 7 dek.da yana yangidan tashkil qilingan. Shim. va shim.-sharkdan qir-g’iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, g’arbdan Izboskan, Jan.dan Andijon, Sharqda (58 km masofada) Qirg’iziston Respublikasi va Jalol-quduq tumanla- ri b-n chegaradosh. Mayd. 0,29 ming km2. Axoliey 137,9 ming kishi (2003). Tu- manda 1 shahar (Paxtaobod), 5 qishloq fuqarolari yig’ini (Bo’ston, Ittifoq, Madaniyat, Paxtakor, uy-G’ur) bor. Mar- kazi — Paxtaobod sh. Tabiati. Tuman hududi viloyatning shim.da, Norin va Qoradaryo vohasidagi yassi tekislikda joylashgan. Relefi g’arbdan sharqqa balandlasha boradi. O’rtacha bal. 260 m. Tuproqlari, aso- san, bo’z tuproq. Daryo bo’ylarida o’tloqi bo’z tuproq, botqoq-o’tloqi va botqoq tuproqlar tarqalgan. Adirlar efemer va efemeroidlar,zaxkash erlarda qamish, qo’g’a, qiyoq o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan qizilquyruq, qumsichqon, jayra, qo’shoyoq, ko’rsichqon, kuyon, bo’ri, tulki, qobon, bo’rsiq, kaltakesak, ilon va b. Qushlardan chumchuq, chug’urchiq, so’fito’rg’aylar bor. Tuman hududi orqali Qoradaryo, Ten- taksoy, Moylisoy oqib o’tadi. Daryo va soy qirg’oqlarining ayrim joylari harsang toshlar b-n mustahkamlangan. K,.x. ekinlari Qoradaryo, Moylisoydan sug’oriladi. “Do’stlik” va “Olmaydon” nasos styalari qurilgandan keyin Norin da-ryosidan ham suv olinadigan bo’ldi. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning o’rtachat-rasi -3,5°, iyulniki 26,7°. Eng past t-ra -26°, eng yuqori t-ra 42°. Ve- getasiya davri 217 kun. Yillik o’rtacha yog’in 300-400 mm. Yog’in, asosan, qishda va bahorda yog’adi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuning- dek, uyg’ur, qirg’iz, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari xam yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 475 kishi. Shaharliklar 23,2 ming kishi, qishloq aholisi 114,7 ming kishi. Xo’jaligi. Tumandaetakchitarmoq q.x. hisoblanadi. Paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog’dorchilik, chorvachilik b-n shug’ulla- niladi. P.t.da paxta tozalash z-Di, “Interneyshnl” korxonasi, poyabzal f-kasi:, temir-beton mahsulotlari i.ch. korxonasi, 20 aktsiyadorlik jamiyati, 14 jamoa, 71 kichik, 1099 xususiy korxona, 4 qurilish tashkiloti, avtokorxona, 953 savdo, 561 maishiy xizmat ko’rsatish sho- xobchalari mavjud. P.t.da 13 shirkat, 406 fermer xo’jaligi bor. Tumandagi jami ekin maydoni 17,4 ming ga, shu jumla- dan, 8,2 ming ga erga paxta, 6,8 ming ga erga don, 280 ga erga kartoshka, 820 ga erga sabzavot ekiladi. 996 ga er mevazor, 92 ga er tokzor b-n band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 25,4 mingdan ziyod krra- mol (shu jumladan, 13 mingdan ziyod si- gir), 18 mingga yaqin qo’y va echki, 89,7 mingga yaqin parranda boqiladi (2003). P.t.dagi 41 umumiy ta’lim maktabi, 1 lisey, 1 gimnaziyada 35 mingdan ziyod o’quvchi ta’lim oladi, 3 sport, 1 mu-sika maktablari, 2 kasb-hunar kolleji FA- oliyat ko’rsatadi. 44 kutubxona (278540 kitob), 10 klub, 4 madaniyat va istirohat bog’i, O’zbekiston xalq shoiri Habibiy uy-muzeyi, stadion bor. Tumanda 2 ka- salxona (600 urin), poliklinika, 21 qishloq vrachlik punkti, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar ishlab turibdi. Andijon — Tentaksoy t.y. mavjud. Tu- man o’rtasidan Andijon — Jalolobod, O’sh — Bishkek avtomagistral yo’llari o’tgan. Xovskonota, Ko’kto’nlikota. Qilich Ibrohim, Xo’ja Taqsimota ziyoratgoxla- ri mavjud. Tuman “davr sadosi” gaz.si 1935 y.dan chiqadi.