“PAXTASANOATILM” ILMIY- Ishlab chiqarish markazi

“PAXTASANOATILM” ILMIY- Ishlab chiqarish markazi -pax- ta tozalash sanoati tarmog’ida Markaziy Osiyoda etakchi ilmiy-metodik markaz. 1998 y.da Markaziy paxta tozalash sanoa- ti ilmiy tadqiqot in-ti (SNIIX prom., 1926 y.) negizida ochiq aktsiyadorlik ja- miyati shaklida tashkil etilgan. Muassasa respublika paxta tozalash sanoatida texnika taraqqiyotining aso- siy yo’nalishlarini belgilaydi, uzoq muddatli ilmiy-texnika dasturini ishlab chiqadi, paxta tozalash sanoati sohasidagi i.t. va tajriba-konstruktor- lik ishlarini muvo-fiqlashtiradi, pax- tani qayta ishlash bo’yicha i.t.lar olib boradi, yangi agregatlar, jahon Stan- dartlari talablariga javob beradigan sifatli tola i.ch.ni ta’minlaydigan ma- shinalar va uskunalar tayyorlaydi hamda ularni ta-komillashtiradi, tarmoqning iqtisodiy-texnikaviy, me’yoriy va b. il- miy-texnik qujjatlarini tayyorlaydi. Uning tarkibida 7 ta ilmiy lab. (pax- ta xom ashyosini quritish va tozalash; aerodinamika, changsizlantirish va AV- tomatlashtirish; linterlash va jo’vali jinlash; urug’lik chigit tayyorlash; paxta xom ashyosi muammolari; paxta tozalash sanoati iktisodiyoti), 2 ta bo’lim (Stan- dartlashtirish va metrologiya; il-miy- texnik va patent axboroti), yangi texnika va texnologiyalarni paxta tozalash korxo- nalarida joriy etish bo’yicha boshkarma, shuningdek, takomillashtirilgan texno- logik jarayonlarni xamda yaratilgan yangi uskunalarni sinovdan o’tkazish va joriy qilishga mo’ljallangan 5 ta (Bektemir, Angor, Bag’dod, Qo’shko’pir, Asaka-2) taj- riba-eksperimental paxta tozalash kor- xonalari hamda eksperimental-mexanika “Rim ustaxonasi” korxonasi mavjud. 1991-2002 y.larda yuqori samara- li paxtani quritish qurilmalari, pax- ta tozalash agregatlari, arrali jinlar, tola tozalagichlar, urug’lik chigit tay- yorlash uskunalari, changsizlantirish qurilmalari va b. muhim ixtirolar amalga oshirildi. Markaz faoliyati km.Nuraliev, N.B.Sorkin, P.V.Baydyuk, X.A.Karimov, S.N.Nusratov, O.A.Akramov, E.T.Maksudov, I.K.Hafizov, P.M. Kat- taxo’jaev, A.G.Shaydullin, V.E.Ustyugin, U.X.Azizxo’jaev, M.T.Hojiev, S.A.Saidahmedov, A.K.Kalimulin, Su. Saidxonov va b. olimlar, muxandislar, konstruktorlar nomlari b-n bog’liq. Markazda 2 jildli “paxtani dast- labki ishlash bo’yicha bildirgich” (1994), “Paxtani dastlabki qayta ishlash” o’quv qo’llanmasi (1999-2002; rus va uzbek tillarida) nashr etildi. Markaz huzurida ilmiy Kengash va “paxta” tex- nik qo’mitasi ishlaydi. Vohid Rakite.