PAXTA TOZALASH SANOATI

PAXTA TOZALASH SANOATI – engil sanoatiing paxtaga dastlabki ishlov beruvchi tarmog’i. Mazkur tarmoq to’qimachilik, yog’moy, kimyo sanoati tarmoqdariga xom ashyo etkazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit P.t.e.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. O’zbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874 y.da qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyo-siga bo’lgan ta- labning ortishi b-n O’zbekistonda P.t.e. tez rivojlantirildi. 1885 y.da 9 ta, 1890 y.da 27 ta, 1914 y.da 208 ta paxta tozalash z-Di ishladi. Paxtachilik gal- la ekinlarini siqib chiqara boshladi. Arrali jin mashinalarda tolani ajra- tib olish va qo’lda harakatlantiradigan vintli presslarda tolani presslashdan tashkari barcha og’ir ishlar qo’lda baja- rilgan. 1920-y.larda Toshkent mexanika korxonasida dastlabki jin mashinala- ri, linterlar ishlab chikarila boshlan- Di, presslar esa Boltik, z-Di (Lenin- grad)dan kel-tirildi. Urushgacha bo’lgan davrda jinlar, linterlar, presslar, ventilyatorlarning konstruktsiyasi ta- komillashtirildi: paxta tozalash kor- xonalari va paxta tayyorlash maskanlari elektrlashtirildi. Paxta tozalash kor- xonalarining o’rtacha mavsumiy ishlash davomiyligi 3 oydan 11 oygacha uzayti- rildi. 1940 y.da O’zbekiston P.t.s.da 538 ming t tola, 15,3 ming t lint va 982 ming t chigit ishlab chiqarildi. Paxta terish maishnashridyan foy- dalanish paxtachilikning rivojlani- shida muhim bosqich bo’ldi. Tayyorlash mas-kanlariga paxta topshirish sur’ati oshdi, paxta tozalash z-dlarida esa 1955 y.dan qurilish-tozalash tsexlari kurila boshladi. 1960 y.gacha O’zbekistonda 226 quritish-tozalash tsexi ishladi. 1960— 65 y.larda P.t.s.da tayyorlanayotgan tola si-fatini yaxshilashga imkon beradigan OVP va OVP-A tola tozalagichlar qo’lla-nildi. 1966-70 y.larda kuritish-toza- lash tsexlarining texnologik jihozlari takom№tlashtirildi. Tozalash sama- radorligi 45% gacha bo’lgan kuchli 30 VP tola tozalagich, CHX-ZM va 6A-12M rusumli takomillashgan taxta tozala- gichlar yaratildi, rov rusumli paxta tolasi regeneratori qo’llanildi. Barcha tayyorlangan paxtani o’z vaqtida qayta ishlash uchun 1971-75 y.larda yangi kor- xonalar, quritish-tozalash va tozalash tsexlarining qurilishini tezla-tish, ularni yangi texnologik uskunalar va mexanizasiya vositalari b-n ta’minlash choralari ko’riddi, shuningdek, ishlab turgan korxonalarni rekonstruk-tsiyalash ishlari boshlandi. Korxonalarda yuqori unumli kuritgichlar, tola tozalagichlar, paxta tozalagichlar, gidravlik press ustanovkalari ishlatildi. 80-y.larda samaradorligi yuqori bo’lgan “mehnat” paxta tozalagichi, “Paxtakor” tola toza- lagichi, RX paxta regenera-torlari yara- tildi va ishga tushiriddi. 1980-y.lar paxtani qayta ishlashda qatnashadigan jami asosiy texnologik jihozlarni yangilash davri bo’ldi. Paxtaning si- Fat ko’rsatkichlarini tezkorlik b-n aniqlaydigan ASX-1 nav aniklagich va VSX-1 nam aniklagichlar yaratildi hamda i.ch.ga joriy qilindi. 1980 y.da 1735,6 ming t paxta tolasi, 217,6 ming t lint, 2387,2 ming t chigit ishlab chiqarildi. P.t.s. bo’yicha i.t. ishlari 1990 y.gacha Toshkent sh.da joylashgan paxta tsel- lyulozasi kimyosi va texnologiyasi i.t. in-ti (1959), Markaziy paxta tozalash sanoati i.t. in-ti (Sniixprom; 1926) da olib borilgan. O’zbekiston mustaqillikka erish- ga-nidan so’ng respublika P.t.s.ning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni tamo- Mila o’zgardi. P.t.s. mahsulotlari res- publikaning asosiy eksport tovarlari- dan biriga aylandi. Ilgari paxta tolasi eksporti Markaz tasarrufida bo’lib, uni “Eksportlyon” tashqi savdo birlashmasi va uning Toshkentdagi idorasi amalga oshirib kelgan. 90-y.lar boshidan Respu- blika paxta tolasi va P.t.s.ning boshqa mahsulotlarini mustaqil holda eksport qilishni boshladi va hoz. davrda 50 dan ortiq xorijiy mamlakatlariga eksport qiladi. Sohaga yangi texnika, texnologiya jadal sur’atlarda joriy etilmoqda. Xo- rijiy mamlakatlarning ilg’or texnolo- giyasini o’rganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi bo’yicha jahon standartlariga o’tish uchun AQSh, Shveytsariya va b. mamlakatlardagi fir- malarda ishlab chikarilgan priborlar va texnologiyani qo’llash borasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yo’lga qo’yildi. Turkiya va b. xorijiy davlatlar il-miy-texnikaviy hamkorlikda Farg’o- na, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog’istonda paxtani qayta ish- lashdan tayyor to’qimachilik mahsulotlari i.ch.ga qadar bo’lgan jarayonlarni qamrab oladigan k-tlar qurilishi boshlandi. O’zbekiston P.t.s.da 128 ta paxta to- zalash korxonasi (z-Di), 511 ta paxta qabul qilish (tayyorlash) maskani bor (2003). Asosiy texnologik jarayonlarda 298 paxta quritgich, 1431 tozalash mashi- nalari, 372 tola ajratish (jin), 1397 lint ajratish mashinalari, 370 presslar o’rnatilgan. 2000-2003 y.larda 5 ta yangi paxta tozalash korxonasi ishga tushiril- Di, 20 dan ortiq korxo-na rekonstruktsiya qilindi. O’zbekistonda paxta tozalash korxonalarida yagona texnik siyosat olib borish vazi-fasi “O’zpaxtasanoat” uyush- masi zimma-siga yuklatilgan. Respubli- kada 992,8 ming t tola, 70,9 ming t lint, 1544,7 ming t chigit tayyorlanadi (2003; 2000 y.da tegishlicha 995,1; 64,8; 1517,6). P.t.s. Xitoy, AQSh, Hindiston, Po- kiston, Turkiya, Meksika, Avstraliya, Misr kabi asosiy paxta etishtiruvchi mamlakatlarda ayniqsa rivojlangan. Vohid Rakipov.