PAXTACHILIK INSTITUTI

PAXTACHILIK INSTITUTI, O’zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti, O’zPITI — paxtachilik sohasidagi eng yirik ilmiy muassasa. O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi va- zirligi huzuridagi qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibi- da. 1929 y.da bu-tunittifoq paxtachilik il. in-ti (SoyuzNIXI) nomi b-n tashkil etilgan. 1983-92 y.larda “Soyuzxlo- pok” IIB, 1992 y.dan hoz. nomda. Tosh- kent viloya-ti Qibray tumani Oqqovoq qishlog’ida joylashgan. Dastlab SoyuzNIXI tarkibiga Mar-kaziy selektsiya styasi, Markaziy o’simliklarni himoya qilish styasi, me- xanizasiya va g’o’za agrotexnikasi styasi, shuningdek, Tojikiston, turkmeni- Stan, Qirg’iziston va Qozog’iston Res- publikalari tajriba styalari kirgan (hozirda ular alohida i.t.lariga ay- langan). SoyuzNIXI tashkil topgan kundan boshlab O’rta Osiyo va Ozarbay- jon uchun paxtachilik sohasidagi il- miy markaz bo’lib, tadqiqotlarni muvo- fiqlashtirish ishlarini ham amalga oshirgan. In-tda 12 ta bo’lim (2003): almashlab ekish va g’o’za viltiga qarshi ku-rash; g’o’za selektsiyasi va urug’shunosligi; yangi va rayonlashtirilgan g’o’za navlari Agrotex- nikasi; o’g’itlar; meliorasiya; sug’orish va suv quyish texni-kasi; tuproqqa ish- lov berish; o’simliklar o’sishini sozlov- chi moddalar va defoliasiya; o’simliklar fiziologiyasi; tuproq eroziyasiga qarshi kurash, agroekologiya va yalpi taxlillar; iqtisodiyot, targ’ibot, joriy etish, re- jalashtirish va ilmiy ishlarni muvo- fiklashtirish; paxta majmuidagi zi- roatlarda noan’anaviy agrorudalarni qo’llash texnologiyasi va agrometeostan- tsiya bor. O’zPITI tarkibida 11 fili- al: L.V. Rumshevich nomidagi Andijon (sobiq Farg’ona zonal paxta-beda tajri-ba styasi; 1930), Buxoro (1929), Jizzax (1972). Navoiy (1995), Namangan (1992), Samarqand (1959), sirda-ryo (1994; 1928 y.dan Markaziy melio-rativ tadqiqot styasi), M.S.Istomin nomidagi Surxonda- ryo (1954), Farg’ona (1927), Xorazm (1929) va Qashqadaryo (1968) filiallari ishlay- Di. Toshkent viloyati Qibray tumanida Markaziy tajriba xo’jaligi, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida A. Navoiy nomli, Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida Yangiobod va Denov tumanida Hazor-bog’shirkat xo’jaliklari, Termiz tumanida “Do’stlik” xamda Farg’ona VI- loyati Quva tumanida “O’zbekiston” shir- kat tajriba xo’jaliklarida paxtachilik, g’allachilik va dehqonchilikning boshqa tarmoqdarini rivojlan-tirish bo’yicha ilmiy-amaliy ishlar olib boriladi (2003). In-tda 100 dan ortiq ingichka va o’rta tolali navlari: 108-F (q. Bir yuz sakkiz-F), 138-F, 149-F, Qirg’iziston-3, Farg’ona-3, Buxoro-6, soyuzni-XI-11, Xorazm-126, Xorazm-127, Oqdaryo-6, Qashqadaryo-1, Gulsara, Andijon va Termiz g’o’za navlari guruxi, 1-A tipga mansub ingichka tolali bu-xoro-7 navi hamda bedaning bir necha navlari yaratil- gan. O’zPITI respublikaning Paxtakor xo’jaliklari uchun paxtachilik sohasida agrotexnologiya, tuproq unumdorligini va paxta hosiddorligini oshirish, tovar don va yuqori sifatli ozuka etishtirish- ni ta’minlaydigan samarali paxta-beda- g’alla almashlab ekish tizimlarini ish- lab chikdi. Sho’rlangan, kum va eroziyaga moyil erlardan samarali foydalanish, sho’rlangan erlarning sho’rini yuvish, gidromodul rayonlashtirish, sug’orishda noan’anaviy usullardan foydalanish, paxtachilikda noan’anaviy agrorudalar- ni oziklantirish maqsadida qo’llash, o’sishni sozlovchi moddalardan va sama- rali de-foliantlardan foydalanish tex- nologiyasi yaratiddi. Shuningdek, boshqa ilmiy muassasalar b-n hamkorlikda g’atla-don afotexnikasi respublikaning har xil tuproq-iqlim sharoitlarida ish- lab chiqildi. O’zPITI olimlari Jazoir, Liviya, Suriya, Yaman, Iroq, Efiopiya, Angola, Mozambik, Mongoliya, Vetnam, Xitoy mamlakatlarida paxtachilik va qishloq xo’jaligining boshqa sohalarini rivoj- lantirish ishiga katta ilmiy-amaliy yor- dam ko’rsatib kelganlar. In-t faoliyati A. I. Avtonomov, M.A.Belousov, P.M.Bodrov, B.P. Stra- umal, S. N. Rijov, L. V. Rumshevich, N. M.Mannonov, Z.Stursunxujaev, S.X. Yo’ldoshev, A.I. Imomapiev, V.P. Kon- dratyuk, V.M.Legostaev, I.I.Madraimov, B.P.Machigin, M.P.Mednis, A.V.Protasov, N.N.Zelenin, T.S. Zoki- rov, Sh.I. Ibrohimov, Q.M.Mirzajonov, B.M.Isaev, M.S.Istomin, M.R.Yunusov, N.A.Toropkina, Sh.N.Nurmatov, I.M.Raxmatov, S.S.Saidumarov, R.Sh. Tillaev, S. R. Raxmonqulov, N.I.Mallaboev, M.H.Hasanov, A.E.Avliyoqulov, G.A.Bezborodov, B.I. Niyozaliev, F.M.Xasanova va b. olimlar- ning nomlari b-n bog’liq. In-tda mehnat qilgan selektsi- oner olimlardan Sh.I.Ibrohimov, E.M.Gavrilov, A.A.Tvorogova, N.H.Xolmuro-dov, A.E.Avliyoqulov, M.T.Tojiev, V.M.Istomin, B.Ch.Jo’raev (Termiz-14 navi uchun; 1987); A.M.Battalov (Buxoro-6 navi uchun; 1996), K.Mahmadaliev (Farg’ona-3 navi uchun; 1996) Abu Rayhon Beruniy nomi- dagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti Laure-atiga sazovor bo’lganlar. G’o’za selektsiyasi bo’yicha erishgan yutuqlari uchun A.M.Battalov (2002), V.M.Istomin (2003) Mehnat Shuhrati ordeni b-n takdirlanganlar. Institutda ilmiy kutubxona, aspirantura va ixti- soslashgan ilmiy kengashlar mavjud. Il- miy asarlar, monografiyalar, risolalar, tavsiyanomalar nashr etiladi. Jamolxon Ahmedov.