Pekin

Pekin, Beytszin (xitoycha — shim. poytaxt) — Xitoyning poytaxti. Siyo- siy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy Mar- kazi. Kattaligi jihatidan mamla-katda Shanxaydan keyin 2-o’rinda. Buyuk Xi- toy tekisligining shim. qismida, uch tomondan tog’lar b-n o’ralgan. Iqlimi mo”tadil, mussonli iqlim. Yanv.ning o’rtachat-rasi -4,6°, iyulniki 26°. Yil- lik yog’in 636 mm. Aholisi 12 mln. Kishi (1999, shahar atrofi b-n). P. Aloxdtsa ma’muriy birlik qilib ajratilgan. P. — Xitoyning eng qad. shaqarlaridan. Mil.AV. 2-ming yillikdayoq hoz. P. o’rnida aholi yasha- ganligi ma’lum. Mil.AV. 1-Mingyillik —mil. 10-a. man-balarida shahar szi deb atalgan. 10-a.da shim. Xitoyni ki- danlar bosib olgach, nomi Siszin deb o’zgartirilgan (936). Keyinchalik shahar kidanlar davlatining Jan. poytaxti — Nantszin bo’lib qolgan (937), 1153 y.dan Szin davlati poytaxti. Bu davrda u da- sin (Chjundu) deb nomlangan. 1215 y.da shaharni mo’g’ullar istilo qilgan. 1263 y.da Xubilay Dasinni mo’g’ullar salta- nati poytaxtiga aylantirgan va unga Xonbaliq (buyuk poytaxt, xitoycha Dadu) deb nom qo’ygan. Mo’g’ullar sulolasi yuan davrida (1280-1368) shahar o’rtasidan Buyuk kanal kazilgan. 1368 y.da Xitoy- dan mo’g’ullar quvib chiqarilgach, Beypin deb atalgan. 1421 y.da Min imperiyasi (1368-1644) poytaxti. Bu davrdan bosh- lab shahar hoz. nomda Beytszin (Pekin) deb atala boshlagan. Tsin (manjurlar sulolasidan) davrida (1644-1911) P. imperiya poytaxti bo’lgan. 1912 i. Tsin monarxiyasi tugatilgach, P. Xitoy Res- publikasi poytaxti. 1927 y. Hokimiyat gomindanchilar qo’liga o’tgach, poytaxt Nankinga ko’chirildi. P. yana Beypin deb atala boshladi. 1937-45 y.larda Bey- PIN yaponlar qo’l ostida bo’ldi. 1945-49 y.larda unda gomindanchilar hukmronlik qildi. 1949 y.da ulardan ozod qili-nib Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti deb e’lon qilindi. P. uzoq vaqt mamlakatning faqat ma’- muriy, harbiy va siyosiy markazi bo’lib keldi. Hunarmandchilik qadimdan ri- vojlangan bo’lib, chetga chiqarish uchun turli buyumlar tayyorlanar edi. Sanoati 1949 y.dan rivojlana boshladi. P. — transport yo’llarining yirik tuguni, mamlakatning etakchi sanoat markazlari- dan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. va uning chekkalarida metallurgiya, sta- noksozlik, metall Pekin shahridagi zamonaviy binolar. konstruktsiyalar, avtomobilsozlik, q. x., transport va energetika mashinasozligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, telefon va radiotexnika, tibbiyot pri-borlari, sin- tetik va sun’iy tola, to’qimachilik, kimyo, neftni qayta ishlash, qurilish materi- allari, poligrafiya, energetika korxo- nalari bor. Shahar yaqinida ko’mir qazib chiqariladi. Metropoliten qurilgan. Me’morchiligida qad. Xitoy shahar qurilishiga xos xususiyatlar — qal’alarning devorlar b-n o’ralganligi, ko’chalar bo’ylab shim.dan janubga va g’arbdan sharqqa yo’nalgan to’rtburchak shakldagi turar joy kvartallari qurish asosiy o’rinni egallaydi. 12-a.ga oid pax- sa devorlarning qoldiklariga qaraganda shahar hoz. P.ning Jan.-g’ar-biy qismida joylashgan. 13-a.da shahar shim.ga tomon kengaya borgan. 1553 y.da atrofi g’isht devor b-n o’ralgan “tashqi shaxdr”, o’z navbatida, “imperator shaxri” majmu- asini o’z ichiga olgan. Bu majmua tarki- bida ko’plab saroylar, ibodatxonalar, Pagodalar, bog’lar, te-paliklar va ko’llar bo’lgan. “Imperator shahri”ning Mar- kazi — “taqiqlangan shahar”ning Jan. qismida “osmon ibodatxonasi” ansamb- li (1420— 1530, 18-19-a.larda qayta qurilgan) joylashgan. P.ning bosh may- doni Tyan-anminda Xitoy kengashi bi- nosi, Xitoy tarixi mu-zeyi, Millatlar madaniyati saroyi, ko’rgazma paviloni va b. imoratlar qurilgan. P. va uning atrofida juda ko’p bog’, saroy, ibodat- xona va memorial ansambllar bor. P. — Xitoyning muhim fan va mada-niyat markazi. P. un-ti va boshka un-tlar, ped., tibbiyot, q.x. in-tlari, konservatoriya, Xitoy FA va botanika bog’i, rasadxona bor. P.da mamlakatdagi eng Yi-rik ku- tubxonalar, muzeylar, teatrlar, ilmiy tadqiqot in-tlari joylashgan.