DALTONIDLAR VA BERTOLLIDLAR

DALTONIDLAR VA BERTOLLIDLAR — o’zgarmas tarkibli kimyoviy birikmalar (daltonidlar) bilan o’zgaruvchan tarkibli kimyoviy birikmalar (bertollidlar)ni ifodalash uchun 1912— 14 yillarda N.S. Kurnakov kiritgan terminlar. “Daltonidlar” termini J. Dalton xotirasi uchun, “bertollidlar” termini esa K.L. Bertolle xotirasi uchun taklif etilgan. Odatdagi kimyoviy birikmalarning ko’pchiligi daltonidlardir; ularning tarkibi tarkib doimiyligi qonuniga va karrali nisbatlar qonuniga javob beradi. Metall tizimlarda, shuningdek, oksidlar, sulfidlar, karbidlar, gidridlar va boshqalar o’rtasida bertollidlar hosil bo’lish hodisalari kashf etilgan.

One thought on “DALTONIDLAR VA BERTOLLIDLAR

Comments are closed.