DO’STMUHAMEDOVA QIZLARXON KAMOLOVNA

DO’STMUHAMEDOVA QIZLARXON KAMOLOVNA (1946.25.11, Toshkent) — raqqosa. O’zbekiston xalq artisti (1984). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1977). 1965-72 va 1982-88 yillar “Shodlik” ashula va raqs ansamblida raqqosa bo’lib ishlagan. “Go’zal” ansambli tashkilotchilaridan va yetakchi raqqosalaridan (1972-81). 1988 yildan Toshkent davlat madaniyat institutida pedagog. Do’stmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. “Go’zal”, “Tong malikasi”, “Go’zal tong”, “Intizor”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Nozli” kabi zamonaviy, shuningdek, “Munojot”, “Tanavor”, “Mo’g’ulchai Segoh”, “Qorako’zim”, “Guluzorim”, “Safti miskin” va boshqa mumtoz raqslari mashhur. “Shashmaqom” telefilmida qatnashgan (1972). “Tanavor” raqs ansambli (Sietl, AQSh) da o’zbek raqslarini sahnalashtirgan. AQSh, Liviya, Frantsiya, Germaniya, Tunis va boshqa mamlakatlarda gastrolda bo’lgan. Do’stmuhamedova ijodiga bag’ishlab “Nafosat guldastasi” nomli film ishlangan (1985). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (2000). Qizlarxon Do’stmuhamedova. “Munojot” raqsi.